taqsimlanishida kuzatiladigan nisbatga (1:1:1:1) to‘g‘ri kelmadi. Morganning bu
tajribasi natijasida olingan duragay pashshalarning kulrang tanali uzun qanotlilari
44
41,5%, qoratanali kalta qanotlilari 41,5%, kulrang tanali kalta qanotlilari 8,5%
va qora tanali uzun qanotlilari 8,5% bo‘lib chiqdi. Tajriba natijalari shuni
ko‘rsatdiki, chatishtirish uchun olingan urg‘ochi duragay pashshalarda birikkan
gen guruhlarining buzilishi sodir bo‘lib, genlarning yangi to‘plami paydo
bo‘lgan,bu esa yangi belgilarning yuzaga kelishiga olib kelgan. Shuning uchun
17 % (8,5% 8,5 %) duragay pashshalarda ota-onada bo‘lmagan yangi belgi
paydo bo‘ldi.
Genlarning birikkan holatining buzilishi xromosomalarda bo‘ladigan
chalkashuvga (krossingoverga) bog‘liq. Hujayralarning birinchi meyotik
bo’linish davrining paxinemasida gomologik (o‘xshash) xromosomalar bir-birlari
bilan
o‘zlarining
gomologik
qismlarini
almashtiradilar.
O’xshash
xromosomalardagi o‘xshash qismlarning bir-birlari bilan almashinishiga
chalkashuv (krossingover) deyiladi. Agar gametada chalkashuv sodir bo‘lgan
xromosomalar bo‘lsa bunday gametani chalkashuvli gameta va bu gametadan
hosil
bo‘lgan organizmni chalkashuvli organizm deyiladi. Drozofila
pashshalarining
faqat
urg‘ochilari
xromosomalarida
chalkashuv
bo‘lib,erkaklarida esa kuzatilmaydi. Shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan
digeterozigotali urg‘ochi pashsha (VvVv) xuddi shunday genotipli erkak
pashshalarda farq qilib ikki xil emas, balki to‘rt xil gametalarni hosil qiladi. Bu
gametalardan ikkitasi chalkashuvli, ikkita esa chalkashuvsiz bo‘ladi. Yuqoridagi
tajribadagi birinchi va ikkinchi holatda genlarning to‘liq birikkanligi saqlanib
qoladi, uchinchi va to‘rtinchi holatda esa duragaylar chalkashuvli gametalardan
rivojlanganligi uchun ularda genlarning to‘liq birikkanligi buziladi, ya’ni
genlarning yangi to‘plami paydo bo‘ladi.
Morgan xromosomalarning chalkashuvi va genlarning birikish hollari
asosida genlar orasidagi masofani aniqlash usullarini topdi. Xromosomalarni
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ular o‘rtasida bo‘ladigan chalkashuv
xromosomalarning har xil qismlarida bo‘lishi mumkin emas. Morgan chalkashuv
birligi qilib bir foyizga teng qiymatni oldi va bu qiymatni morganida deb atadi.
Bir foyiz chalkashuv bitta morganidaga teng. Masalan, kulrang tanali uzun
qanotli urg‘ochi (VV VV), qora tanali kalta qanotli erkak pashshalarni (vv vv),
o‘zaro chatishtirilganda urg‘ochi pashshalar xromosomasida sodir bo‘ladigan
chalkashuv genlarning yangi to‘plamini yuzaga chiqardi (V v va v V) va natijada
duragaylarning 17 % (8,5 % dan ikki guruhda) ota-onasiga o‘xshamagan yangi
belgi paydo bo‘ladi. Demak V va V genlar orasidagi masofa 17 morganidaga
teng ekan. Odatda genlar o‘rtasidagi masofani aniqlashda quyidagi formuladan
foydalanadi:
X
•100;
X - morganida o
‘
lchamidagi genlar orasidagi masofa,
a - xromosomalarida chalkashuv bo‘lgan birinchi guruh duragaylari soni,
a - s
n
45
s - xromosomalarida chalkashuv bo‘lgan ikkinchi guruh duragaylari soni,
n - shu tajribadagi duragaylarning soni.
Bitta xromosomadagi genlarning bir-biriga nisbatan qiyosiy joylashuvini
tasvirlovchi chizmaga genetik harita deyiladi. Genetik harita tuzish ancha
mashaqqatli ish bo‘lib, buning uchun tajriba o‘tkazuvchiga shu organizmda
uchraydigan bir qancha mutant genlar ma’lum bo‘lishi kerak va ular bilan juda
ko‘plab chatishtirish ish-lari olib borishga to‘g‘ri keladi. Genetik jihatdan juda
yaxshi o‘rganilgan organizmlardagina ularning genetik haritasi to‘liq tuzilgan
(drozofila pashshasi, makkajo‘xori, neyrospora va boshqalar).
Genetik harita har bir birikkan gen guruhlari uchun alohida tuziladi. Har bir
xromosomadagi genlarning nomlari hamda ular orasidagi masofa morganidlarda
belgilanib sentromeralarning joylashishi ham ko‘rsatiladi.
Savollar:
1. Quyidagi terminlarni tushuntiring: a) birikkan belgilar: b) birikkan belgilarning rekombinasiyasi:
v) krossingover: g) uch genli analiz qiluvchi chatishtirish: d) xromosoma kartasi: e) genlar orasidagi
masofa birligi (morganida) .
2. Nima uchun genlar orasidagi masofa uzun bo‘lsa krossingover chastotasi ko‘p bo‘ladi?
3. Кrossingoverni tushuntiradigan nazariyalarini tahlil qiling.
Dostları ilə paylaş: