1. UMUMIY QOIDALAR
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashtirish
sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish va uning asosida aholini,
ayniqsa yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilish huquqlarini amalga
oshirishlari va iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ishlab
chiqarish kuchlarini joylashtirish va yangi ish o’rinlarini yaratish, ishga joylashishga
ko’maklashishni tashkil etish, kasbga tayyorlash va yo’naltirish tizimini joriy etish hamda
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohatlarning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masala O’zbekiston hukumatining
ijtimoiy-iqtisodiy sohasida amalga oshirayotgan islohatlarida eng ustivor, davlat siyosati
darajasida ko’tarilgan masalalardan biri bo’lib, bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I.A.
Karimov izohlab berganidek: “...xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu
sohaga to’liq erkinlik berish, bu yo’lda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf
etish eng muhim ustuvor vazifadir”. SHu bilan birga Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Aholi
bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarini ishga
joylashtirish bo’yicha zarur sharoitlar yaratish ijtimoiy siyosatimizning eng muhim ustuvor
yo’nalishi bo’lib qoladi
1
”.
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar
hal etilishi nazarda tutiladi.
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va
xizmatlar bilan to’ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim
sektor hisoblanadi, shuningdek, aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlashda, ularning
iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o’z o’rinlarini topib ketishlarida eng asosiy omil
va manba bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib
borayotgani hammaga ayon. Aynan kichik biznes o’zining harakatchanligi, kam sarmoya talab
qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan
mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor kon’yunkturasining
o’zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e’tiborlidir.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’sishi bilan mamlakat tayanchi va
suyanchi bo’lgan mulkdorlar o’rta sinfini shakllantirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman
aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan
va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bug’in hisoblanmoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
faoliyatining asosiy faoliyat yo’nalishlari bo’lib, bitiruvchilarning shaxsiy barkamolligini
shakllantirish, ularning o’z ustida ishlashlari va samarali mehnat faoliyatini olib borishlariga
ko’maklashish, shuningdek, tadbirkorlik va biznes bo’yicha bilim va ko’nikmalarini
shakllantirish, ularga ishbilamonlik ruhini singdirish, yoshlarning ishga joylashishi va mehnat
bozoriga moslashishi uchun yordam berish hisoblanadi.
Xo’sh, qanday tuzilmada ishlash har tomonlama qulay hisoblanadi? Qaerda yuqori
lavozimlarga va moddiy farovonlikka erishish imkoniyatlari yuqori? Ushbu savollar har bir yosh
mutaxassisni mehnat faoliyatini boshlash oldidan xavotirga soladi. SHu sababli ishga
joylashtirish jarayoni juda muhim va har bir inson hayoti davomida o’ziga xos xodisa bo’lib,
ulardan o’z kasbining bilimdoni va omadli bo’lishini talab etadi.
«Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari» o’quv kursi kasb-hunar
kollejlari va akademik litseylar o’quvchilarining tadbirkorlik va biznes sohasida bilimli
bo’lishiga, amaliy ko’nikmalarga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishishiga, o’z
shaxsiy biznesini ochishda yoki yollanma xodim sifatida ish beruvchi bilan bo’ladigan suhbatda
o’z imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishiga, yangi ish joyiga muvaffaqiyat bilan moslashishini
ta’minlashga yo’naltirilgan.
Bitituvchilarni doimiy va samarali ish bilan ta’minlash va ularning yaxshi xizmat
lavozimlarda ishlashlari eng asosiy sifat ko’rsatkichi bo’lib, ta’lim muassasasining mavqeini
aniqlab beradi.
Bo’lajak bitiruvchi-tadbirkorlarimiz oldilariga qo’ygan yuksak maqsadlariga erishishda
bir qator muammolarga duch kelmoqdaki, bu - qonuniyatlari darajasida to’la anglamaslik,
biznesni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, soliqqa tortish va boshqarishda kerakli
bilim hamda ko’nikmaga ega emaslik, mehnat bozori va unda ish izlash, ishga joylashish, ish
beruvchi bilan bo’ladigan suhbatda o’z imkoniyatlarini ko’rsatib bera olishlarida namoyon
bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarini ishga
joylashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanish qarorini berish
jarayonlarining sust amalga oshayotganligini asosiy sabablaridan biridir.
1
2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng
yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir.
Prezident I.Karimovning 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2015 yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. «Xalq so’zi» gazetasi, 17 yanvar,
2015 yil.
Yuqoridagi muammolarni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va uning bir guruh
mutaxassislari tomonidan tayyorlangan, SHarqiy Yevropa, Keniya va Mustaqil Hamdo’stlik
Mamlakatlarining (MDH) bir qator respublikalarida aprobatsiyadan o’tgan «Biznes bilan
tanishuv» nomli modullar ketma-ketligi, O’zbekiston-SHveytsariya “Kasbiy ko’nikmalarni
rivojlantirish” loyihasiga asoslangan va O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan
hamkorlikda ishlab chiqilgan «Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari» fani
doirasida hal etishga e’tibor qaratilgan. Ushbu fan doirasida biznes va tadbirkorlik, bunday
faoliyatni tashkil etish, uning turlari, ish faoliyatini rejalashtirilishi, moliyalashtirish, soliqqa
tortish va korxonani boshqarish, biznes-rejalar tuzish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish tizimini
rivojlantirish va ularni mehnat bozoriga moslashtirish, ishga joylashtirishda va kasbiy
muvaffaqiyatlarga erishishda o’quvchilarning shaxsiy bilim, ko’nikma hamda malakasini
shakllantirishga oid bilimlar, ish o’yinlari, keys-stadilar, sxemalar va interfaol kabi o’qitish
usullari qamrab olingan.
Dostları ilə paylaş: |