O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/583
tarix13.05.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#115873
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   583
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o

 
 
 
TUSHUNTIRISH XATI 
 
Mamlakatimizda so’nggi  yillarda talim tizimida qabul qilingan  meyoriy-huquqiy  hujjatlar 
kelajak  avlodni  yanada  o’qimishli,  har  tomonlama  bilimdon  qilib  tarbiyalashni  talab  etadi. 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” o’quv faniga hukumat tomonidan katta etibor qaratilayotganiinso n 
xavfsizligi  mamlakatimizda  davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarilganidan  dalolat  beradi  va  bu 
yo’nalishdagi  sayi  harakatlarni  yanada  faollashtirish  zarur  ekanligini  ko’rsatadi.  CHunki 
favqulodda  holatlarda  to’g’ri  va  tezkor  qaror  qabul  qila  oladigan,  yuksak  axloqiy  va  manaviy 
fazilatlarga  ega,  o’zini  va  yon-atrofdagilarni  turli  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarning  zararli 
tasiridan himoya qila oladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish ushbu o’quv fanining asosiy 
vazifalaridan  biridir.  SHu  sababdan,  mazkur  o’quv  fani  bo’yicha  dastur,  darslik  va  o’quv 
qo’llanmalari yaratish zaruriyati muhim masalaga aylandi.  
So’nggi  vaqtlarda  insoniyat  hayotiy  faoliyatiga  xavf  soluvchi  turli  favqulodda 
vaziyatlarning turlari ortib borayotganligi dunyo jamoatchiligi va mamlakatlarini, qo’yingki har 
bir kishini tashvishga solmoqda. Rivojlanib va globallashib borayotgan dunyoda tabiiy, texnogen 
va  ekologik  tusdagi  favqulodda  vaziyatlar,  ofatlar  bilan  birgalikda  ana  shu  rivojlanishning 


mahsuli  sifatida  ekologiyaning  buzilishi,  qurg’oqchilik  kabi  xavf-xatarlar  ham  yuzaga  kelibbu 
xavfdan hech bir inson, hech qaysi xalq, millat yoki davlat kafolatlanmagan.  
Turli ko’rinishdagi tabiiy ofatlar xalqimiz hayotiga hamisha o’z tasirini ko’rsatib kelgan. 
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, u o’ziga doimo xavf solib turgan tabiat hodisalari bilan 
birgalikda  rivojlanayotgan  dunyoning  yangi  ko’rinishdagi  xavf-xatarlariga  ham  doimo  tayyor 
bo’lishi zarur. XXI asrga kelib bu kabi tabiiy hodisalar, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda 
vaziyatlar  qatoriga  ozon  qatlami  yemirilishi,  radiatsiya  miqdorining  ortishi,  havo  va  ichimlik 
suvining  ifloslanishi  bilan  bog’liq  vaziyatlar  ham  qo’shildi  va  o’zining  oqibatlari  bilan  kishilik 
jamiyatini larzaga solmoqda.  
Mazkur dastur hayotda yuz berishi mumkin bo’lgan turli ko’rinishdagi baxtsiz hodisalar va 
ulardan muhofazalanish, bunday sharoitga tushib qolganda zaruriy hamda birinchiyordamni o’z-
o’ziga  va  o’zaro  ko’rsata  olish  usullarining  minimal  darajasini  o’rgatishga,  shuningdek, 
rivojlanayotgan dunyoning yangi ko’rinishdagi xavf-xatarlari haqida dastlabki bilimlarni olishga 
qaratilgan.  Dastur  amaldagisidan  ko’ra  bir  qancha  takomillashtirilgan  bo’lib,  uzluksiz  talim 
tizimi  qoidalariga  mos  ravishda  tuzilgan.  Qaytadan  tuzatish  va  to’ldirishlar  kiritilgan  mazkur 
o’quv  dasturi  asosida  o’quvchilarga  puxta  bilim  berish  ularning  hayot  faoliyati  xavfsizligi 
bo’yicha  bilimlarini  oshiradi,  ularda  dastlabki  amaliy  ko’nikmalarni  shakllantiradi. 
O’quvchilarni  zamon  talablariga  to’la  javob  beradigan,  o’zining  ijtimoiy,  tibbiy,  huquqiy 
xavfsizligini taminlay oladigan inson qilib tarbiyalaydi. 
Mazkur o’quv fani barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kursi         2-
semestrida  o’qitiladi.  O’quv  faniga  ajratilgan  umumiy  yuklama  58  soatni  tashkil  etadi.  Dastur 
bo’yicha  o’quv  kursining  auditoriya  soati  jami  40  soatga  mo’ljallangan  bo’lib,  undan  24  soati 
turli  tusdagi  favqulodda  vaziyatlar  va  ulardan  muhofazalanish,  qolgan  16  soati  favqulodda 
vaziyat  va  holatlardan  jabrlanganlarga  mavjud  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  birinchi 
tibbiy,  ruhiy  (psixologik)  hamda  boshqa  yordam  ko’rsatish  ko’nikmalarini  berish  uchun 
ajratilgan.  Yani  dasturdagi  auditoriya  soatlarining  24  soatini  maruza,  16  soatini  amaliy 
mashg’ulotlar tashkil etadi.  
Dasturni  tayyorlashda  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  o’tilayotgan  turdosh 
fanlar dasturlari, ulardagi mavzularning takrorlanmasligi etiborga olingan. 
Dastur  YuNESKOning  O’zbekistondagi  vakolatxonasi  hamkorligida  takomillashtirildi. 
Uni tayyorlashda 2012 yilda qabul qilingan va ITD-2-59 granti loyihasi tomonidan tayyorlangan 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani namunaviy o’quv dasturidan ham foydalanildi. 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   583




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin