O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari “Hayot faoliyati xavfsizligi” o’quv faniga oid quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari zarur. Bilimlar: - hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi o’zlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasidagi
huquqiy-meyoriy hujjatlar mohiyati;
- turli tusdagi xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi manbaalar turlari;
- favqulodda vaziyatlarning turlari, sabablari, belgilari va zararli oqibatlari;
- favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam beruvchi xizmatlar vazifasi va majburiyatlari
hamda ularni chaqirish tartibi;
- himoya inshootlari va vositalaridan foydalanish;
- terrorchilik harakati sodir etilganda o’zini tutish;
- majburiy yolg’izlik holatida o’zini tutish;
- radiatsiya, gaz va elektr tokining zararli tasiridan himoyalanish;
- yong’inning zararli tasiridan himoyalanish;
- yuqumli kasalliklarning zararli tasiridan himoyalanish;
- favqulodda vaziyatlarda o’zini tutish;
- inson hayoti, sog’ligi va mol-mulkini sug’urtalash;
- inson hayotiy faoliyatiga zarar keltiruvchi boshqa xavf-xatarlar bo’yicha bilimlarni
egallashi zarur.