O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Dasturning mazmuni
1-mavzu: Kirish. Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv fanining maqsad va vazifalari. Nazariy: Hayot faoliyati xavfsizligi o’quv fanining maqsad va vazifalari. Hayot faoliyati
xavfsizligi - hayotiy zarurat ekanligi. Fuqarolarni turli ko’rinishdagi favqulodda vaziyatlarda
to’g’ri harakatlanish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etishga o’rgatishning ahamiyati.
Favqulodda vaziyatlarda to’g’ri va tezkor qaror qabul qila oladigan, yuksak axloqiy va manaviy
fazilatlarga ega, o’zini va yon-atrofdagilarni turli tusdagi favqulodda vaziyatlarning zararli
tasiridan himoya qila oladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish o’quv fanining asosiy vazifasi
ekanligi.
O’zbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlarga oid qonunlari va meyoriy-huquqiy
hujjatlarining mohiyati. O’zbekistonda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, oqibatlarini
kamaytirish va bunday vaziyatlarda harakat qilishning huquqiy asoslari. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi.
Favqulodda vaziyat tushunchasi. Favqulodda vaziyatlarda yordam berishning asosiy
tamoyil va qoidalari.
Xalqaro nufuzli tashkilotlar va mamlakatlar faoliyatida turli tusdagi favqulodda
vaziyatlarning oldini olish,ularning inson hayoti, atrof-muhit, qishloq xo’jaligi, sanoat, fan va
madaniyat, tadbirkorlik va biznesga zararli oqibatlarini kamaytirish borasidagi muammolarning
asosiy masalaga aylanganligi.