O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
Kirish O`zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-
ma`rifiy rivojlanishning o`ziga xos yo`lini tanlashi natijasida musiqa madaniyati va musiqa
o`qitishni tubdan qayta tashkil etish zaruratini kun tartibiga qo`ydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yahshilash bo’yicha 2009-2014
yillarga mo’ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoyishi
mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy olami va madaniy saviyasini
yuksaltirish,yoshlarimizni milliy va jahon musiqa madaniyatning yuksak namunalaridan keng
bahramand bo’lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va shu asosda musiqiy ta’limni yanada
rivojlantirish,bu borada kadrlar tayorlash tizimini takomillashtirish bo’yicha amalga
oshiriladigan vazifalar ko’rsatilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki,mustaqilligimizning birinchi yillaridanoq mamlakatimizda musiqa
san’atini keng rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi.Ayniqsa,mumtoz musiqiy merosimizni
asrab,avaylash va o’rganish,uni yosh avlodlarga bezavol etkazish davlat siyosati darajasiga