ko’tarildi.Buning natijasida nufuzli xalqaro musiqa anjumahlari,”Sharq taronalari” muntazam ravishda
o’tkazib kelinmoqda.
Musiqa uslubiyoti fani o’quvchilarda musiqa madaniyati darslarini tashkil etish uslublarini,
musiqa faoliyatlarini rivojlantirish ko`nikmalarini shakllantiradi. Bu fan o’quvchilarning
san`atga bo`lgan ehtiyojini o`stirish, bastakorlar va kompozitorlar tamonidan yaratilgan mumtoz
asarlarni qadrlash, ularni ijodiy izlanishga o`rgatadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “ Ta`lim to`g`risida “gi Qonunni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga
asosan hozirgi kunda ta`lim sohasiga juda katta e`tibor berilmoqda. O`qitishning yangi
zamonaviy texnologiyalari va electron variant tizimlariga asoslangan holda darsliklar yaratish
davr talabi bo`lmoqda. Musiqa madaniyati o`quv madaniyati o`quv predmeti o`quvchilarning
ma`naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga milliy g`urur va vatanparvarlik
tarbiyasini amalga oshirishda ijobiy mahorat, nafosat va badiiy didni o`stirishga, fikr doirasini
kengaytirishga mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim standartida dastur istiqboliga mo’ljallangan talablar asosida milliy ruh,
milliy musiqa ohanglarini imkon qadar o’zida mujassam etib, musiqada zaruriy bilim va amaliy
malakalarni tarkib toptirish asosiy maqsadi hisoblanadi.
O’quvchilarning musiqaviy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, hamda musiqa haqida
tushuncha berish bilan musiqadan zavqlanishni, musiqa adabiyotlaridan foydalanish, musiqa
tinglash, qo’shiq aytish, musiqaviy ritmik harakat bajarishga o`quvchilarni jalb qilish, musiqa
fanini amaliyot bilan bog’lash, mavzularga mos ko’rgazmali qurollar tayyorlash, o’quvchilarni
boy me’rosimizdan bahramand etish, kasbiy kompetentligini oshirishda bilimlarini amalda
qo’llay bilishlariga o`rgatish fanning asosiy maqsadidir.
Dostları ilə paylaş: