ta’limiy o’yin faoliyati. (Amaliy) Musiqiy dinamik belgilarining yozilishi, vazifasi va ularning qo’llanilishi haqida tushuntiriladi.
Bolalar yoshiga mos musiqiy o’yinlar va ritmik harakatlanishiga qulay qo’shiqlarni to’g’ri
tanlash. 8.Musiqada alteratsiya belgilari. Kichik guruhlarda bolalar cholg’u asboblarida ijro etishni shakllantirish. (buben va doiracha) (Nazariy) Musiqiy alteratsiya belgilari haqida ma’lumot berish va ularning yozuv belgilari, vazifasi haqida
tushuntirish. Kichik guruhdagi bolalarga cholg`u asboblarini tanishtirish va ijro etishga o`rgatish.
Bolalar cholg’u asbobida ijro etishda qo’l va barmoqlarni qanday qo’yish yoki harakatlantirish
kabi dastlabki bilimlarni berish. Buben va doiracha misolida. 9.Lad .Major va minor ladi. Kichik guruhlarda bayram musiqiy ertaliklarini tashkil etish. (Amaliy) O’quvchilarga lad haqida umumiy tushuncha berish, kuy ijrosi orqali ularga minor va major
ladlarining ohagini eshittirish va farqlashga o’rgatish. Kichik guruhlarda bayram musiqiy
ertaliklarni tashkil etishni o`rgatish.
10.O’zbek xalq kuylari. MTM o‘rta guruhlarda musiqa tinglash faoliyatini shakllantirish. (Amaliy) O’zbek xalq milliy kuylari haqida ma’lumot beriladi. Andijon polkasi, Dilxiroj, Norim-norim,
Qari navo, Lazgi kabi kuylardan parchalar tinglaydilar. O’zbek xalq kuylari asosida ritmik
harakatlar bajaradilar. Masalan: Andijon polkasi kuyi asosida. 11.O’zbek xalq qo’shiqlarining bolalar tarbiyasidagi ahamiyati. MTM o‘rta guruhlarida