O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o
3. Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida yakka mashg'ulotlarni o'tish uchun mashg'ulot ishlanmasini tuzish va o'tkazish. Yakka tartibdagi mash’ulotlar defektolog tomonidan berilgan vazifa asosida kunning
ikkinchi yarmida o’tkazilishi tushuntiriladi. So’ng o’quvchilarga yakka mashg’ulotlarga reja
matn tuzishi uchun mavzular va shu mashg’ulotga tayyorlanishiga vaqt beriladi Berilgan vaqt
ichida o'quvchi o'z mavzusiga mos ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallarni tanlay bilishi va
tayyorlashi lozim. Tayyorgarlik uchun berilgan vaqt o’tgach o’quvchi mashg’ulotni o’tadi,
qolganlar uni kuzatadi. Mashg’ulotni o’tib bo’lgach unga yutuq va kamchiliklari, ajratilgan
vaqtni to’g’ri taqsimlagani aytilib o’quvchi baholanadi.
4. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini o'rganish. O’quvchilarga maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda uchraydigan turli hildagi nutq
nuqsonlar
Alaliya,
Dizartiriya,
Duduqlanish,
Dislaliya,
Nutqning
fonetik-fonematik
rivojlanmaganligi, Nutqning to’liq rivojlanmaganligi kabi nutq normasidan tashqariga chiquvchi
turli hildagi nuqsonlari haqida ma’lumot berish (tarqatma materiallar, slaydlar, vidioroliklar,
rasmlar ). Bunday nuqsonlar hayotda uchraganida qanday ko’rinishda bo’lishi, nuqsonlarini
bartaraf yetish yo’llarini o’rganib chiqadilar.