Amaliy mashg`ulot
-aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan boshqarib
turiladigan , aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darslarda olingan maxsus bilimlar
asosida malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik
harakatlardir.
Ta`lim jarayonida amaliy ko`nikmalarini shakllantirish, o`quv materiallarini turli
ko`rinishlarda, turli sezgi organlari orqali qabul qilinishi va idrok yetishni ta`minlash-ta`lim
samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Dars davomida ta`limning sinalgan bir
qancha metodlari “Ma`ruza”, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”,“Baxs munozara”,
“Davra suhbati” , “Muammoli vaziyat”, “loyiha”, “Yo`naltiruvchi matn” kabi metodlardan
foydalanish, ularni o`rnida qo`llash muhim ahamiyat kasb yetadi.
O`quv materiallarini vizuallashtirilgan holda, turli ko`rgazmali tasvirlar yordamida
uzatilganda, ham yeshitish, ham ko`rish organlari orqali qabul qilinadi. O`quvchilarga
ko`rgazmalilik tamoyillariga asoslangan holda o`quv materiallarini yetkazish ularning diqqatini
jalb yetishga yordam beradi va shu bois, bu materiallarni idrok yetish, o`zlashtirish osonroq va
samaraliroq kechadi. O`quv materialini mustaqil yoki guruh bo`lib birgalikda o`rganish, ta`lim
oluvchining ma`lumotlarni o`zi qidirib topishi, tajriba o`tkazishi, nimanidir o`zi qo`lda bajarishi
barcha sezgi organlarini birvarakayiga ishlashga olib keladi va bu holatda o`zlashtirish yuqori
bo`ladi.
M
ustaqil ishlarga ko’rsatmalar
O’qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko’rar yekan o’quvchilarning
mustaqil o’rganishlari uchun o’quv materialini tanlaydi, o’quv faoliyati, maqsadi, vazifasi,
natijasi va uning baholash mezonini belgilaydi. O`qituvchilar o`quvchilar tomonidan bajarilgan
mustaqil ishlarni o`z vaqtida yig`ib, baholab, ularning yeng yaxshi natijalarini metod xonaga
topshiradilar. O`quvchilarning joriy baholash jarayonida ularni fanlardan nazariy va amaliy
bajargan mustaqil ishlarining natijalarini hisobga olgan holda baholanadilar. O`quvchilarning
mustaqil ishlarini baholash tartibi, asosan, har bir fan o`qituvchisi o`z fani bo`yicha
o`quvchilarga fanni chuqur o`zlashtirishni ta'minlashlari uchun nazariy va amaliy jihatdan
mustaqil ishlar berish va natijalarini baholash bo`yicha alohida qayd jurnali yuritadi, hamda har
45 kunda guruh o`quvchilarining mustaqil ish natijalari fan kafedralarida muhokama qilinib,
natijalar umumlashtiriladi. Har 45 kunda mustaqil ish natijalari o`rganilib metod xonaga
Dostları ilə paylaş: