Taqriz
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil
o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va
jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari
o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga
qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun
turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi.
O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi
namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy
manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega
Bitiruvchi M.Xalilova bitiruv malakaviy ishi kirish qismida mavzuning
mohiyatini, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalarini bayon etgan.
Ishning birinchi bobi sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil qilishda ularga
qo‘yilgan talablar, darslarning tizimi, ahamiyati va ish turlari haqida fikr yuritilgan.
Ishning ikkinchi bobini bitiruvchi xalq ertaklaari haqida nazariy ma’lumotlar,
ertaklarni o‘rganish tizimiga bag‘ishlagan. Shuningdek, bu bobda ertaklarning
ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor berilgan. Ertaklar orqali o‘quvchilarni
vatanparvarlik, mehnatsevarlikka o‘rgatish, ularda ijobiy fazilatlarni shakllantirish
haqida bayon etilgan.
Bitiruvchi ishni bajarish jarayonida ko‘plab ilmiy va metodik adabiyotlarni
o‘rgangan. Ulardan olingan bilimlardan o‘z ishida unumli foydalangan.
Bitiruv malakaviy ishi qo‘yilgan talablarga javob beradi. Ishni DAH
huzuridagi ochiq himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: Ismoilova S.