O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta


Davosi. Ko'kyo'talga davo qilish uchun kun tartibini to'g'ri tashkil etish zarur.  Bemor yetarli  darajada uxlashi, ovqati y



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Davosi. Ko'kyo'talga davo qilish uchun kun tartibini to'g'ri tashkil etish zarur. 
Bemor yetarli 
darajada uxlashi, ovqati yoshiga mos, vitaminli, tez hazm bo'ladigan bo'lishi kerak. 
Kasallikning yengil formalarida bemorni uy sharoitida davolash mumkin. 
Go'daklik davridagi va og'ir turda o'tadigan ko'kyo'talni kasalxonada davolanishi 
shart. Toza havodan tez-tez bashramand bo'lishi katta ahamiyatga ega. 
Ko'kyo'talga davo qilish uchun ayniqsa biror asorat rivojlangan paytda 
antibiotiklar tavsiya 
etiladi. Ko'kyo'talda ampisillin eritromisindan foydalaniladi. Serologik davolashga 
bemorlarga 3-6 ml miqdorda ko'kyo'talga qarshi immunoglobulin yuboriladi. 
Bemorga neyroleptik preparatlar (aminazin, propazin) beriladi. Og'ir hollarda
qortikosterioid gormonlardan foydalaniladi. 
Profilaktikasi. Bemorlarni iloji boricha tezroq sog'lom bolalardan alohidalab 
qo’yish zarur. Hozirgi davrda kasallikni oldini olishni asosiy uslubi faol emlashdir. 
Bu jarayon AKDS vaksinasi orqali amalga oshiriladi. 
EPIDEMIK PAROTIT 
Epidemik parotit (tepki) o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, so'lak bezlari, asosan quloq 
oldi bezlari hamda asab tizimining zararlanishi bilan kechadi. Kasallik 
maktabgacha tarbiya va maktab yoshdagi bolalarda uchraydi. Epidemik parotit 
ko'pincha qish oylarida uchraydi. 
Etiologiyasi. Epidemik parotitning qo'zg'atuvchisi paramiksoviruslar guruhiga 
kiruvchi filtrlanuvchi virusdir. Bu virus tashqi muhit sharoitlari va ultra binafsha 
nurlarga o'ta ta'sirchan bo'lib, dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tezda halok 
bo'ladi. 
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bemor odam hisoblanadi. Bu virus asosan 
havo-tomchi yo'li bilan yuqadi, ayrim hollarda idish-tavoqlar, o'yinchoqlar orqali 
yuqishi mumkin. Kasallikni boshidan kechirgandan keyin barqaror tabiiy 
immunitet qoladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin