O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/73
tarix19.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#116014
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
O`zbekiston respublikasi oliy va o\'rta (1)

Profilaktikasi. Kasallikka chalingan bemorlar 9-10 kungacha uyda boshqalardan 
ajratib qo'yiladi. Kasalga yaqin yurgan bolalar 21 kungacha kuzatib turiladi. 
Bunday bolalarga 1-3 ml globulin yuboriladi. 
Mamlakatimizda bolalarni Epidemik parotitga qarshi emlash 15-18 oylik 
bolalarga o'tkaziladi Bunda 0,5 ml miqdorda teri ostiga parotitga qarshi tirik lekin 
kuchsizlantirilgan vaksina yuboriladi. 
QIZAMIQ 


Qizamiq- o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, nafas yo'llarining kataral yallig'lanishi, 
badan terisida qizgish dog'simon-papulyoz toshmalarning toshishi va umumiy 
intoksikasiya alomatlari bilan ifodalanadi. 
Etiologiyasi. Qizamiq kasalligini filtrlanuvchi viruslar qo'zg'atadi. U tashqi 
muhitga chidamsiz, quyosh nurining ultrabinafsha nurlari ta'sirida tezda nobud 
bo'ladi. 
Epidemiologiyasi. Qizamiqda kasallik manbai qizamiq bilan kasallangan bemor 
hisoblanadi. Bemor kasallikning boshlang'ich (kataral) davrida va toshma toshishi 
davrining dastlabki kunlarida o'ta yuqumli bo'ladi. 
Kassallik havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Qizamiq virusi bemor yo'talganda, 
aksirganda va gaplashganda havo tomchilari orqali sog’lom odamga yuqadi. Virus 
havo orqali tarqaganligi uchun tez orada ancha masofaga tarqalishi mumkin.
Qizamiq asosan bir yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadi. Uch 
oylikkacha bolalarga ona organizmidan o'tgan immun moddalar hisobiga qizamiq 
yuqmasligi mumkin. Uch oydan 8 oygacha bo'lgan 
bolalarda esa ona suti orqali o'tgan immun tanachalar hisobiga immunitet xosil 
bo'lganligi sababli qizamiq kasalligi yuqmaydi. Kasallik ko'pincha qish-kuz 
oylarida uchraydi. Kasallikdan keyin bola organizmida kuchli va barqaror turg'un 
immunitet hosil bo'ladi.
Klinik manzarasi. Kasallikni o'tishida quyidagi davrlar farq qilinadi: 1. 
Yashirin (inkubasion) davr. 2. Boshlang'ich (prodromal yoki kataral) davr. 3. 
Toshma toshishi ("gullash") davri. 4. Sog'ayish (rekonvalessensiva) davri. 
Qizamiqning yashirin davri asosan 9-10 kun davom etadi. Emlangan yoki 
gammaglobulin olgan bolalarda yashirin davr 21 kungacha cho'ziladi. Bu
davrda kasallikning klinik belgilari kuzatilmaydi. 
Kasallikning prodromal yoki kataral davrida tana harorati 38-39 ºº C gacha 
ko'tariladi, bosh og'rig'i, yo'tal, aksirish kabi belgilar kuzatiladi. Bu davrning 2-3 
kunida tana harorati pasayadi, ammo nafas yo'llari shilliq pardasining yallig'lanishi 
kuchayadi. Bu alomatlarga ko'z shilliq qavatining yallig'lanishi konyuktivit 
qo'shiladi. Bolaning ko'zlari yoshlanib, qizaradi va yorug'likka qaray olmaydi. 
Bemor o'ziga xos ko'rinishda bo'ladi: yuzlari qovoqlari shishgan, qizargan, 
burunlaridan seroz suyuqlik oqadi. 
Kasallikning bu davrida bemor sinchiklab tekshirilsa, qizamiqqa xos bo'lgan 
belgilarni aniqlash mumkin. Bu belgilar og'iz bo'shlig'ining lunj va yumshoq qattiq 
tanglay shilliq pardalarida paydo bo'ladi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq 
pardalarida qizgish dog'lar qizamiq enantemalari va lunjning shilliq pardasi esa 
oqimtir atrofi qizil gardish bilan o'ralgan dog'lar Filatov-Belskiy-Koplik dog’lari 
kuzatiladi. Bu dog'lar asosan 2-3 kun davomida saqlanib turadi. Kasallikning 
toshma toshishi ya'ni "gullash" davrida tana sharorati 39-40 ºº C gacha ko’tariladi. 
Badan terisidagi toshmalar deyarli tana harorati ko'tarilishi bilan bir vaqtda paydo 
bo'ladi. Toshma katta donachalari, qizgish dog'lardan iborat bo'lib, dastlab 
bolaning yuzi va quloq orqalarida toshadi va tez orada badanning pastki qismiga 
tarqala boshlaydi. Isitmaning ikkinchi kunidan boshlab toshma ko'krak, qorin 
terisiga, uchinchi kunda esa oyoqlar terisigacha tarqaladi. 


Ba'zan bu toshmalar bir-biri bilan qo’shiladi, lekin toshmalar oralig'idagi terining 
rangi o’z holatida o'zgarnay qoladi. Toshmalar badan terisida bir vaqtda paydo 
bo'lmaydi, balki bosqichma-bosqich toshadi. Toshmalar toshish davri 3-4 kun 
davom etadi. Keyinchalik u qanday tartibda paydo bo'lgan bo’lsa, shu tartibda 
yo’qoladi. Toshmalar o'rnida oqimtir dog'lar pigmentasiya hosil bo'ladi. Bunday 
pigmentli dog'lar 10-12 kun ichida yo'qolib ketadi.
Reqonvalessensiya ya'ni sog’ayish davrida kasallikning asosiy belgilari asta-
sekin kamayib boradi. Bemor bolalar umumiy ahvolining kam darajada 
o'zgarishiga va intoksikasiya (zaharlanish) darajasiga qarab qizamiqning og'ir, 
o'rtacha va yengil turlari farq qiladi. Qizamiqning og’ir turi yuqori harorat
organizmning kuchli zaharlanishi, markaziy asab tizimining zararlanishi va nafas 
yo'llarining yallig’lanishi bilan kechadi. Kasaliikning bu turida ko'p hollarda turli 
asoratlar (ensefalit, meningoensefalit, zotiljam, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi 
kabilar) rivojlanadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin