YUZ-JAG‘ SOHASI SHIKASTLANGAN BEMORLARNI
PARVARISH QILISH
Y uz-jag‘ sohasidagi shikastlanishlarda bemorni, ayniqsa
birinchi hafta mobaynida o ‘mida qaddini baland vaziyatda yotqizish
kerak. Bunday noilojlik holati qon oqish xavfini, qon, shilimshiq,
yiring, ovqat qoldiqlaridan aspiratsiya yuz berish imkoniyatini
92
kamaytiradi. Noilojlik holati va og‘ir bemorlami vaqti-vaqtida u
yonboshidan bu yonboshiga yotqizish o ‘pkadagi dimlanish
hodisalaiini va o ‘pkada yalliglanish asoratlari yuz berish xavfini
bartaraf etadi. Solak oqishini kamaytirish uchun kuniga 3 marta
5—6 tomchidan belladonna nastoykasi, 0,5—1 gr atropinning
1% li eritmasi ten ostiga yuboriladi. Agar jarohat atrofidagi terida
doimo namlanib turish ta ’sirida bichilish paydo b o lsa , bu
uchastkalarga rux mazi yoki 2% li metilen ko‘ki eritmasi surtiladi,
shundan so‘ng ustidan yupqa vazelin qavati qoplanadi.
Yuz-jag‘ sohasidagi yaralanishlarda chaynash akti buzilishi
o q ibatid a o g ‘iz b o ‘shlig ‘ining o ‘z - o ‘zini tozalashi r o ‘y
bermaydi. Odatdagi parvarish qilishning esa (tishlarni tish
cholkasi va pasta bilan yuvish) iloji bolm aydi. Shunga k o la ,
og‘iz b o ‘shlig‘ida ovqat qoldiqlari, ja ro h at ekssudati va
b o sh q alar y ig ‘ilib qoladi. U larn i to zalash u ch u n o g ‘iz
b o ‘shlig‘ini muntazam yuvib turish (Esmarx krujkasidan va
boshqa moslamalardan) kerak (23-rasm).
Og‘iz b o ‘shlig‘ini yuvishdan maqsad ovqat qoldiqlarini
mexanik tozalashgina emas, balki yoqimsiz hidni bartaraf etish
ham ekanligini nazarda tutib, odatda m a’lum darajada hid
yo‘qotuvchi xossalari b o lg an pushti rangli kaliy permanganat
eritmasi qollaniladi. Zamrat bolganda oqimni uzib qo‘yish
uchun rezina shlangaga maxsus zajim kiygiziladi.
O g‘iz bo‘shlig‘ini parvarish qilish
23-rasm. Og'iz bo'shlig'ini yuvish.
93
|