Page 648
boʻladi. Oʻzbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bogʻliq bir necha
yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar hikoyalar" ham uchraydi.
Hikoyalar orasida detektiv va hayoliy hikoyalar ham mavjud. Detektiv hikoyalar
jinoiy voqeani tasvirlab, ularning fitnasi jinoyatchini qidirishga asoslangan. Ko'pincha
yozuvchilar qahramon orqali birlashtirilgan detektiv hikoyalar sikllarini yaratadilar:
masalan, A. K. Dolang yoki Erkul Foirot va A. Kristi-da Miss Marpl. Rus adabiyotida
hikoya 19-20 asrlarda eng keng tarqalgan janrlardan biridir. 20-asrda J Janr T. N.
"Ayollar" hikoyasi bu uning psixologiyasini ochib beradigan va zamonaviy
odamlarning psixologiyasi ifodalagan badiiy asardir. Tarkibga ko'ra, bu roman uchun,
ammo hajmda va shaklda hikoya bo'lib qolmoqda. Hikoyaning o'ziga xos xususiyatlari
kam sonli aktyorlar, kichik miqdori bilan xarakterlidir. Hikoya voqealarda bir qatorda
va unda qizil san'at bo'yoqlariga mos kelmasligi mumkin. Shunday qilib, hikoya kichik
hajmda, oz sonli qahramon va qisqa muddatli tadbirlarga xos bo'lgan hikoyalardir.
“Badiiy asar - insoniyat tarixining qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni birinchi galda
inson sifatidagi o'y-fikrlari bilan yoritishi lozim”. Jumladan, hikoya - o'quvchini
qahramonga ruhan yaqinlashtiradigan janr sanaladi. Hikoya yaratishda hech qachon
hajm ahamiyatli emas. Kichik hajmli hikoyada ham butun bir davr muammolari va davr
ruhi yoritilishi mumkin. Shu boisdan ham hozirgi adabiy jarayonda barcha janrlar kabi
hikoya ham o'z o'rnini topayotgani kunday ravshan. "Hikoyachilik janrining badiiy
takomiliga xos belgilardan biri shundan iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga kelgan ijodiy
erkinlik tufayli, noan'anaviy ko'rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o'ziga xos
milliy xarakterlarni adabiyot maydoniga olib kirdi". Hikoya janri haqida so'z ketganda
dastavval A.Qahhor hikoyalari va A.Qahhor siymosi ko'z oldimizda gavdalanadi.
Bugungi kun o'zbek nasrida va ayniqsa, hikoyanavislik borasida bir qator yozuvchilar
qatorida Xurshid Do'stmuhammadning ham o'rni o'zgachadir. U o'z uslubiga, betakror
tiliga ega ekanligini hozirda uning kitobxonlari, muxlislari tan olishadi, asarlarini sevib
o'qishadi. Adabiy tanqidchilikda ham uning asarlari xususida turli xil ijobiy fikrlar
bildirilmoqda, anjumanlarda bahs-munozaralarga sabab bo'lyapti. Adib asarlarining
badiiy xususiyatlari to'g'risida talaygini ijobiy fikrlar bildirish mumkin.
X.Do'stmuhammad uslubining o'ziga xosligi, qahramonlarining hayotiyligi uning
asarlarini o'qimishliligi va yuqori saviyadaligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbek adabiyotida realistik hikoya janri 20-asr boshlarida shakllandi (Choʻlpon,
"Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va
boshqalar). 20-yillarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod
qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —
70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyotiga salmoqli hissa
qoʻshdilar.
Istiqlol davr adabiy jarayoni turfa xil janrlarni tarkibdagi o’ziga xos badiiy talqinlarni
tom ma’noda yuzaga chiqardi. Shu jihatdan hikoyachilik taraqqiyotida ham bunday