ANIQLASH USULI
Kerakli asboblar:
Mufel pechi. Analitik torozi. Quritish shkafi. 2 dona predmet oynasi. SHisha
tayoqcha. Magnit parchasi. Bir bo’lak paxta. Farfor ezgich. Kimyoviy stakan 100
ml. Mahsulot namunasi (tomat pyuresi).
Ishning bajarilishi:
Mahsulotda qum borligini organoleptik kuzatishlar yordamida aniqlash
mumkin. Mahsulot og’izda chaynalganda xarakterli g’ichirlash seziladi.
Atalasimon mahsulotda qum borligini bilish uchun
bir ikki tomchi mahsulot
ikkita predmet oynasi orasiga solinib, ular bir-biriga nisbatan siljitiladi. Ishqalanish
natijasida g’ichirlash eshitiladi. Tomat pyuresida tomatning urug’ yoki
po’stining qismlari borligini hamyuqoridagi usulda aniqlasa bo’ladi. Pyuresimon
mahsulotlardagi qumni miqdorini aniqlashda yuvish usuli qo’llaniladi. Buning
uchun hajmi 0,5l bo’lgan kimyoviy stakanda 50-100
g pyuresimon mahsulot
shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi va stakan
yuqorisigacha suv bilan
to’ldiriladi. Keyin aralashtirish to’xtatilib qumning cho’kishiga vaqt beriladi.
Keyin loyqa suyuqlik dekantatsiya yo’li qumdan sekinlik bilan ajraladi. Bu
jarayonni kaytarib qumni to’liq ajratib olish mumkin. Qattiq
mineral
modda foiz miqdori olingan tortimga nisbatan quyidagi formula bilan
ifodalanadi:
;
100
⋅
=
а
в
А
%
a- tekshirish uchun olingan pyuresimon mahsulotning og’irligi, g;
v - olingan qum miqdori, g
Oziq-ovqat mahsulotlarida metall qo’shimchalarining
juda oz
miqdorda bo’lishiga standart asosida ruxsat beriladi. Metall
qo’shimchalar deganda har xil metallarning kichik zarrachalari tushuniladi.
Metall qo’shimchalarni aniqlash uchun 500 g og’irlikdagi mahsulot oyna
ustiga yoki glyants qog’oz ustiga 2-3 sm qalinlikda yopiladi
va shu vaqt
mahsulotning ustidan 3-5 marta namunani aralashtirgan
holda kuchli magnit
o’tkaziladi. Magnitga tortilgan metall zarrachalari oq glyants qog’oz ustida
to’kiladi. Elektromagnit qullanilganda zarracha magnitga ulangan elektr toki
o’chirilganda oson olinadi. Hamma yig’ilgan metall qo’shimchalari soat
oynasida analitik torozida tortiladi.
1 kg mahsulot tekshirilayotganda metall qo’shimchalar miqdori
quyidagi
formula yordamida aniqlanadi.
;
100
в
а
Х
⋅
=
g
a- metall qo’shimchalari og’irligi; g
v- tekshirilayotgan namuna og’irligi, g.
Dostları ilə paylaş: