www.ziyouz.com kutubxonasi
92
yemayman va ichmayman, deb qasam ichdilar. Mana shu yilni om arromada ("kul yoqqan yil") dyob ataladi. 574. Salama ibn Akva' (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qurbonlik qilganingizdan
uch kun o'tgach uyingizda shu qurbonlik go'shtidan biror narsa qolmasin", dedilar.
Keyingi yili sahobiylar: "Yo Rasulalloh! Bu yil ham o'tgan yildagidek qilamizmi?" - deb
so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "(Qurbonlik go'shtlaringizdan) o'zlaringiz yenglar va
kelajak kunlaringiz uchun saqlab ham qo'ysalaringiz bo'ladi. Chunki o'tgan yili kishilar
qiyinchilikda bo'lganlari uchun men ularga yordam qilmoqlaringizni iroda qilib,
yuqoridagi buyruqni bergan edim", dedilar".
"Qurbonlik go'shtidan biron narsa qolmasin" - ya'ni faqiru miskinlarga tarqatib yuborilsin. 254-bob. Tajribalar haqida 575. Urva ibn Zubayrdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men hz. Muoviya oldilarida
o'tirgan edim. Shunda u kishi o'zlaricha nimanidir gapirdilarda, keyin ko'zlarini ochib:
"Tajriba bo'lmasa kishida halimlik va aqllilik mutlaqo bo'lmaydi", dedilar va shu so'zlarini
uch martaba takrorladilar".
576. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Kishi qoqilmay, toymay turib aqlli, xulqli bo'la
olmaydi va har bir yaxshi-yomonni boshidan kechirmay turib hakim, olim bo'la olmaydi".
577-hadis 576-hadisning aynan takrori. 255-bob. Alloh uchun taomlantirmak 578. Hz. Ali (k.v.)dan rivoyat qilindi, bu zot aytdilar: "Bir so' yoki ikki so' taomni Alloh
uchun do'st tutgan birodarlarimdan bir nechasini yig'ib kelib, shularga yedirganim men
uchun bozorlaringizga borib bir qul ozod qilganimdan ko'ra yaxshiroq".
256-bob. Johiliyat zamonida tuzilgan ittifoq 579-hadis. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) aytdilar: "Men amakilarim bilan xushbo'y
ishlatganlar muohadasida hozir bo'lgan edim. O'sha muohadani buzish uchun menga
qizil tevalar berilsa bas, men uni buzishni xohlamayman".
Ya'ni fil voqeasidan biroz vaqt ilgari Quraysh qabilasidan kelib chiqqan tuqqizta kichik qabilalar bir joyga to'planib, asli makkalik yoki boshqa joydan kelib Makkada turib qolgan bir kishiga birov zulm qilsa, undan o'ch olmay qo'ymaslikka ittifoq tuzishdi. Shunda Abdul Mutallibning qizi Ummu Hakim ularga bir idishda xushbo'i narsa yubordi. Ular shu idishga qo'llarini tiqib turib, shu muohadani buzmaslikka Ka'batulloh bilan qasam ichishdi. Mana shu muohadani "Xilf al-mutayyibin" ("Xushbo'y idishga qo'l tiqqanlar ittifoqi") deb ataldi.