Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli



Yüklə 221,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.12.2022
ölçüsü221,07 Kb.
#120382
  1   2
bozor-iqtisodiyotini-tartibga-solishda-davlatning-iqtisodiy-roli



Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli 
Tamara Abrorovna Azimova 
Azimova1301@gmail.com 
Humoyiddin Baxriddin o’g’li Shokirov 
shokirovhumoyiddin@gmail.com 
Bobur Botirali o’g’li Erkinov 
Erkinovbobur75@gmail.com 
Nodirbek Odilovich Toshmirzayev 
nodirbekodilovichtoshmirzayev@gmail.com 
Annotatsiya: Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi ma’lum o’ringa 
ega boʻlib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga, dunyodagi turli xil iqtisodiy 
tizimlar bir biridan iqtisodiyotini boshqarish va tartibga solishda davlat hamda bozor 
rolining nisbati bo’yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq 
davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali 
tartiblashga ustunlik beradi.
Kalit so’zlar: bozor iqtisodiyoti, bozor mexanizmi, inflatsiya. 
 
The economic role of the state in the regulation of the market 
economy 
Tamara Abrorovna Azimova 
Azimova1301@gmail.com 
Humayiddin Bakhriddin oglu Shokirov 
shokirovhumoyiddin@gmail.com 
Babur Botirali oglu Erkinov 
Erkinovbobur75@gmail.com 
Nodirbek Odilovich Tashmirzayev 
nadirbekodilovichtoshmirzayev@gmail.com 
 
Abstract: In all economic systems, a certain place is occupied by the state and 
the market system, each of which operates independently. At the same time, different 
economic systems of the world differ sharply in the ratio of the role of the state and 
the market in the management and regulation of their economy. For example, one 
economic system relies more on government regulation, while another prefers 
ordering through the market mechanism. 
Keywords: market economy, market mechanism, inflation. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
681


Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda 
samaradorlikning erishilgan dara jasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor 
tizimin ing tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori 
samaradorlikka, birinchidan, bozorni tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, 
iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish 
yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida dav latning aralashuvi va 
bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda respublikamizning 
milliy iqtisodi yoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi. 
Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqti sodiyotdagi roli masalasi 
A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati 
va sa bablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bo zor usullari orqali 
iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solish ning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning 
fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazorati dan toʻliq ozod 
bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab 
chiqarishni tash kil qilish imkoni mavjud boʻladi. Bunda bozor vositasida tartibga 
solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat 
manfaatlari uchun harakat qilishga majbur etadi. 
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda 
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan 
belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi 
mumkin. Haqiqatan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik 
berib, ularn ing chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. 
Ammo, bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini 
saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib 
olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi. 
A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1929-1933 yil larda bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan, deyarli barcha mam lakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida 
tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy 
jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi. 
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning “Ish bilan 
bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini 
topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish 
vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish 
bilan bandligini ta’minlash zarurligini isbotladi. 
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda inqirozga qar shi siyosat o’tkazishi, 
iqtisodiy inqirozning salbiy oqibat larini tugatish va sanoat siklining oʻzgarishini 
yo’qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga 
oshirildi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) October 2022 / Volume 3 Issue 10
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
682


Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu darajada 
bozor iqtisodiyoti amalda ustun boʻlgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu 
bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko’proq oshib borishi ro’y berdi. 
Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat 
siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqti sodiy 
o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini 
optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish 
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali 
izohlanadi: 

Yüklə 221,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin