36
rivojlanishi, savdoni kengayishi hamda sanoatning usishi ham migratsiyani
kuchaytiradi.
Utgan asrning oxirlaridan buyon bu qonunlar tadqiqotchilar tomonidan kup
marta tekshirildi va tuzatishlar kiritildi. Migrantlarni jalb qilish va turtib chiqarish
nuqtai nazaridan migratsiya sabablariga aloxida e`tibor berilgan. Konkrent shart-
sharoitlarga qarab, yo jalb qilish omillari, yoki turtib chiqarish omillari, yoxud
ularning almashinib kelishi xal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bu
kontseptsiya yirik mintaqalararo oqimlar mexanizmini tushuntirib berishda muhim
rol uynaydi, chunki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida turli tumanlar o’rtasidagi
tafovutlar xususiyati o’zgaradi. Bu xol faqat keng xududga ega bo’lgan davlatlar
nuqtai nazaridan emas, balki xalqaro migratsiya uchun ham dolzarbdir, chunki bu
evolyutsiya jarayonida migrantlarni jalb qiluvchi va turtib chikaruvchi mamlakatlar
ham o’zgaradi.
Ishchi kuchining migratsiyasi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida turli
ob`ektiv va sub`ektiv sabablar bilan belgilanadi. Bu sabablarni aniqlash va
tavsiflashning turlicha yondashuvlari mavjud. Migratsiya sabablarining butun xilma-
xilligi odatda, tabiiy iqlim, demografik, etnik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa
yiriklashgan guruhlar tarzida olib qaraladi. Aniq yo’nalishlarni o’rganishda
migratsiya sabablarining mazmuni batafsillashtiriladi.
Migratsiyaning
tabiiy-iqlim
sabablari
deganda
atrof-muhitning
ta`siri
tushuniladi. U iqlim, landshaft, ekologik tizimdagi o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.
Tabiiy iqlim sabablarining migratsiyaga ta`siri yashash joyini o’zgartirganda
migrantlar bu qismining yangi joydagi iqlimga moslashuvi zarurligida namoyon
bo’ladi. Bu ba`zida kuchib kelganlar salomatligining yomonlashuvi bilan yoki
migrantlarning ayrim qismlari uchun esa bu ob-havo-iqlim shart-sharoitlari yaxshi
ta`sir qilishi bilan xarakterlanadi.
Demografik sabablar aholining jinsi, yoshi, nikox-oilaviy ahvoli va hokazolar
tuzilishidagi xududiy tafovutlar bilan bog’liqdir. Aholining jinsi va yoshi bo’yicha
farqlar o’zgarishlar (masalan, «tuqimachilik» shaharlari, yosh nikox yoshdagi
erkaklar kup bo’lgan qishloq tumanlari) tegishli o’zgarishlarni, bir kadar «nikox»
migratsiyasini keltirib chikaradi.
Migratsiyaning etnik sabablari deganda turli xalqlar milliy an`analari, urf-
odatlari,
moddiy
va
ma`naviy
madaniyatining
o’ziga xos tomonlarining
harakatchanlik darajasiga, migratsiyaning tuzilishi va yo’nalishiga ta`siri tushuniladi.
Ishchi kuchining migratsiyasi iqtisodiy usishning eksteksiv va intensiv turlari
bilan chambarchas bog’liqdir. Ma`lumki, eksteisiv turda ish o’rni va ishchi kuchining
miqdoriy kupayishi sodir bo’ladi. Intensiv tur ularning sifat jihatidan rivojlanishini
nazarda tutadi. Iqtisodiy usishning har ikkala turi bir-biriga mustahkam qo’shilib
ketgan Aslida, sanoatda band bo’lgan kishilarning soni, masalan, ularning malakasini
o’zgarishi bilan birga sodir bo’ladi, bu esa ekstensiv va intensiv o’sish turlarining bir-
biriga tutashib ketganligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: