18
32. Oliy ta’lim muassasasi bilan abituriyent yoki talabani kontrakt asosida
o‘qitish uchun kontrakt tuzgan buyurtmachi belgilangan muddatda to‘lovni amalga
oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmaganda, kontrakt boshqa buyurtmachi bilan
belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi mumkin.
Bunda, kontraktni qayta rasmiylashtirishga abituriyent yoki talabaning arizasi
yoxud avval kontraktni rasmiylashtirgan buyurtmachining abituriyent yoki talabani
o‘qitish uchun to‘lov qobiliyati yo‘qligi to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasiga qilingan
yozma murojaati asos qilib olinadi.
33. Byudjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag‘lari, shuningdek o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan yoki Byudjet
tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘qitish uchun
to‘lovlarni amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: