o‘simliklarni zararlaydi. Ikkinchi va uchinchi bo‘g‘in kapalaklari g‘o‘zaning
shona va ko‘saklarini zararlaydi.
G‘o‘za tunlami dukkakdoshlar, pomidor, kanop, makkajo‘xori, tamaki kabi
o‘simliklarga ham zarar еtkazadi.
Xona kuyasi kapalagi juda mayda sarg‘ish tusda. Kuya kapalaklari qatoriga
po‘stin kuyasi, gilam kuyasi va kiyim-bosh va boshqa matolarga zarar
еtkazuvchi kuyalar kiradi.
Xona kuyasining qurti mayda, oqish rangli
bo‘lib, yung va tеri hamda ulardan tikilgan
kiyim-kеchak va boshqa
buyumlar bilan oziqlanadi. Qurtlar maxsus qin yasab,
uning ichida
g‘umbakka aylanadi.
Tut ipak qurti xonakilashtirilgan kapalak hisoblanadi. Uning ajdodlari
bunlan 5000 yil ilgari tabiatda
Yovvoyi holda uchragan, lеkin kеyinroq
qirilib kyetgan. Ipak qurtining vatani Himolay tog‘lari bo‘lgan
dеgan
taxmin mavjud.
Tut ipak qurti kapalagining qanotlari oqish, qalin tukchalar bilan qoplangan.
Qurtlari ham oqish rangli, qorin bo‘limi orqa qismida shoxsimon o‘simtasi
bo‘ladi. Qurtlar faqat tut daraxti bargi bilan oziqlanadi. Kapalaklarning
og‘iz organlari rеduktsiyaga uchragan bo‘lib, oziqlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: