O„simliklar va qishloq xo„jaligi
mahsulotlari karantini
kafedrasi o„ qituvchisi: U.Rasulov
KIRISH
Zoologiya (zoo va logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyaning
bir sohasi. Zoologiya hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy
taraqqiyotini,
hayvonlarning
tuzilishi,
hayot
kechirishi,
tarqalishi,
rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini
oʻrganadi. Zoologiya keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil
fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro
oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni
sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini
morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va
evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan
hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional
rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot
dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda
yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit
bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi
funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy
tarkibini
oʻrganadi.
Tekshirish obʼyektlariga binoan ham Zoologiya bir kancha fanlarga
ajratiladi. Maye, bir hujayralilarni protozoologiya, yaʼni protistologiya,
parazit chu-valchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya,
qis-qichbaqasimonlarni karsionolo-giya, oʻrgimchaksimonlarni araxnologiya,
kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliklarni ixtiologiya,
qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya oʻrganadi.
Zoologiya boshqa biologiyalari fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va
qishloq xojalik bilan uzviy boglik. Zoologiyaning koʻpgina boʻlimlari esa
parazitologiya,
gidrobiologiya,
epizootologiya,
epidemiologiya
kabi
kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini
oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga
ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi
jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab
chiqish imkonini beradi. Ekologozoologik tadqiqotlar chorvachilik,
ipakchilik, baliqchilik kabi qishloq xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirish,
ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni
iqlimlashtirish
va
koʻpaytirish,
shuningdek,
qishloq
xo‘jalik
zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi.
Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar
organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va
zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab
chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy
maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion
taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr,
Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Zoologiyani rivojlantirishda
Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot
kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qadimgi Rim
tabiatshunoslaridan
Gay Pliniy (mil. 23—79 y.lar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi"
asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan.
Boshqa tabiiyot fanlari qatori Zoologiyaning bundan keyingi rivojlanishi
Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo,
Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari
no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda
shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli
"Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi.
Zoologiyaning taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi
katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop
yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot
dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon
aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr
oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli
hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha
davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ
(avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab
berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib
yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar,
hasharotlar va chu-valchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan
atash (binar nomenklaturshik taklif etadi. Fransuz J. Byuffon 3. sohasidagi
barcha maʼlu-motlarni toʻplab, 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini yozadi.
Fransuz olimi J. Kyuvye qad. hayvonlarning kaznima qoldiqlarini oʻrganadi
va organiz-mning bir butunligi, organlarning oʻzaro bogʻlikligi toʻgʻrisidagi
organlar korrelyasiyasi taʼlimotini yaratdi. U fanga "tip" tushunchasini kiritdi
va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimoyoklilar,
ignaterililar tiplariga hamda 19 sin-fga ajratadi. 19-asrda biol.da tirik
tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi
evolyusion gʻoyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan
hujayra nazariyasining ilgari suri-lishi katta ahamiyatga ega boʻldi.
Turlarning oʻzgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi boʻlib
J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashti-rib,
hayvonlarni 14 sinfga ajratadi.
Organik dunyo evolyusiyasi haqidagi materialistik taʼlimot asoschisi Ch.
Darvin Zoologiyaning rivojlanishiga ham be-vosita oʻz hissasini qoʻshgan,
uning "Bigl" kemasida sayohatlari toʻgʻrisidagi "Izlanishlar kundaligi"
(1839) asarida Jan. Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar,
qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va b. hay-vonlar toʻgʻrisida ilk bor
maʼlumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan "Zoologiya"
asari, "Moʻylovoyokli qisqichbaqasimonlar" monografiyasi (1851—54) katta
ahamiyatga ega boʻldi. Zoologiyada evolyusion gʻoyalar faqat Ch.
Darvinning "Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻli-shi" asari
nashr etilgandan soʻng toʻla-toʻkis oʻz asosini topdi. Olimning taʼlimoti
Zoologiyaga qiziqishni yanada kuchay-tirib, bir qancha mamlakatlarda
Zoologiya jamiyatlari tashkil etildi. 1889-yildan boshlab zoologlarning
xalqaro sʼyezdi, entomologlar va ornitologlarning
xalqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hay-
vonlarini oʻrganish maqsadida juda koʻplab ekspeditsiyalar tashkil etiladi.
20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda
anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik,
ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu
borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy),
tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi
(Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga
asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi.
Oʻzbekistonda Zoologiyaning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari
nomi bilan bogʻliq. Abu Rayhon Beruniy 101 hayvon va ulardan olinadigan
doridar-monlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Uning "Hindiston" asarida
(1030) bu oʻlka hayvonlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Abu
Ali ibn Siyaoning "Kitob ash-shifo" asarida odamda parazitlik qiluvchi
gelmintlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi
(qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzir-gacha saqlanib qolgan.
Oʻrta Osiyo, jumladan Oʻzbekiston hayvonot dunyosini oʻrganish
boʻyicha maxsus ilmiy tadqiqotlar 19-asrning 2-yarmidan boshlandi. Rus
olimi N.A. Seversov Orol dengizi, Ustyurt, Qizilqum, Sirdaryo, Pomir,
Tyanshan hayvonlarini; A. P. Fedchenko Olay va Zarafshon vodiysi
hayvonlarini oʻrganadi. V. F. Oshanin "Turkiston yarim qattiq qanotlilari
faunasi" asarida hasharotlarning 700 dan ortiq turi toʻgʻrisida maʼlumot
bergan. Uning ta-shabbusi bilan 1876-yilda Toshkentda tabiat muzeyi
ochiladi. 20-asrning boshlarida olib borilgan zoologik tadqi-qotlar, asosan,
mahalliy aholi oʻrta-sida keng tarqalgan parazit va kasallik tarqatuvchi
hayvonlarni oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan
bogʻliq. Oʻrta Osiyoning turli xududlariga bir qancha ekspeditsiyalar
uyushtirilib, bezgak chivini va rishtaning biol.si batafsil oʻrganil-di (L. M.
Isayev, N. I. Xodukin). Bir qancha hududlarda bezgakni tadqiq qiladigan
stansiyalar va Tropik kasalliklar instituti (hoz. Tibbiyot parazitologiya
instituti) tashkil etildi. Bu tadbirlar tufayli 20-asrning oʻrtalariga kelib
bezgak va rishta batamom tugatildi.
|