biri shundaki, uning aksar hikoyalari quvnoq hazil-
mutoyiba hissi bilan sugʻorilgan. Adibning barcha
hikoyalarida begʻubor va zavqli bolalik davri ruhiyati
saqlangan. Shuning uchun uning hikoyalari oson
oʻqiladi, oson hazm boTadi. Natijada taʼsir kuchi ham
ortadi.
05
Adib ijodining yana bir jihati u oʻz personajlarini yomon yoki yaxshi,
adabiy atamalar qoʻllab aytadigan boʻlsak, salbiy yoki ijobiyga
ajratmaydi. Ularga baho berar ekan, feʼl-atvori qandayligini tasvirlar
ekan hech qachon kuchli iboralarni, “ablah, iblis, yaramas, gazanda”
va hokazo haqoratomuz, qattiq-quruq soʻzlarni ishlatmaydi. Zero,
inson sifatida endi shakllanayotgan bolalarga nisbatan bunday oʻtkir
soʻzlarni ishlatish insofdan va adolatdan emasligini tushunadi. U oʻz
qahramonlarini, qandayligidan qatʼi nazar, oʻyinqaroqmi,
lapashangmi, ayyormi, dangasami, maqtanchoqmi – hammasini
birday sevardi va sevib tasvirlardi. Uning uchun yomon bola umuman
yoʻq, kamchiligi boʻlishi mumkin, deylik yolgʻonchiroq, xasisroq,
xudbinroq, lekin nokas bola yoʻq, har qanday bolani ham toʻgʻri yoʻlga
solib yuborish mumkinligiga ishonardi. Va shu muborak maqsad
yoʻlida ijod qildi.
06
Farhod Musajonning oʻziga xos uslubi bor edi. Uning
asarlaridan bir parchagina oʻqigan odam muallifning
kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, sodda, tushunarli
va ixcham yozardi. Shu sababli katta mahorat evaziga yillar
davomida paydo boʻladigan va shakllanadigan badiiy soddalik
tufayli uning asarlari oʻqimishli chiqadi. Bolalar tili bilan
aytsak, hikoyalari “rostakam boʻlgan voqeaga oʻxshaydi”.
Darhaqiqat, adib voqealarni xuddi hayotdagidek ishonarli va
Dostları ilə paylaş: |