qiziqarli qilib soʻzlab beradi. Bu juda muhim. Negaki bolalar
hikoya voqealariga ishonmasalar asarning taʼsir kuchi yoʻqqa
chiqadi. Mana shu omil – ishontira olish mahorati Farhod
Musajon ijodining eng muhim xususiyatlaridan edi.
07
Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozdi. Uning
kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab
yoshidagi, kichik va oʻrta hamda katta yoshdagi bolalarga va
oʻsmirlarga bagʻishlangan asarlarini ham uchratish mumkin.
08
Maʼlumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi, asosan,
ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar
oʻzlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha
boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari; mehnat
qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu
yoshdan shakllana boshlaydi. Turmushda qizgʻanchiq
boʻlmaslik, kasbhunar egallashga intilish, kattalarni hurmat
qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi.
Bolalarning pedagogikpsixologik xususiyatlarini yaxshi
oʻrgangan Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bagʻishlab
“Eng yaxshi chana”, “Shodiyona kun”, “Shiqildoq”, “Pahlavon va
nimjon”, “Sovgʻa”, “Ajoyib buzoqcha”, “Yaxshilik”, “Toʻlab ber”,
“Varrak”, “Dogʻ” kabi oʻnlab hikoyalar yaratgan.
09
Adibning “Varrak” asarining mazmuni oddiygina varrak yasash
voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan
boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri “Eng yaxshi
chana”dir. Bu hikoyada qoʻli ochiq, saxovatli, bagʻri keng boʻlish,
xasis, ziqna boʻlmaslik kabi gʻoyalar kichkintoylar ongiga
yetkaziladi.
10
Adibning “Sovgʻa” hikoyasi bolalarni mehnatkash boʻlishga
daʼvat etadi. Oqiljonning gul ekishi, uni mehr bilan parvarish
qilishi kichik kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
“Turdi, galstuk va men” hikoyasi uzoq yillardan beri yosh
kitobxonlarning sevimli asarlaridan biri sifatida eʼzozlanib
kelinadi.
Hikoyada ozodalik, shahar tozaligi uchun kurashish bosh
masala qilib qoʻyiladi. Turdi va Gʻiyos kabilarning shahar
tozaligida faol qatnashmaganliklari, dangasaliklari fosh qilinadi.
11
Xullas, Farhod Musajon oʻzining maktabgacha va maktab
yoshidagi kichik bolalarga bagʻishlab yozgan hikoyalarida
salmoqdor fikrlarni sodda, bolalarbop shaklda aytadi. Adib
nasihat qilish yoʻlidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida
koʻp uchrab turadigan oddiy voqealarni tasvirlaydi va
aytmoqchi boʻlgan muhim gaplarni ana shu voqealar magʻziga
singdirib yuboradi.
12
|