Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


 Ikkinchi darajali oʻrinda boʻlgan firmalar strategiyasi



Yüklə 271,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix24.01.2023
ölçüsü271,69 Kb.
#122487
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish

7. Ikkinchi darajali oʻrinda boʻlgan firmalar strategiyasi 
Ikkinchi darajali oʻrinda boʻlgan firmalar bozorda tarmoqning ilgʻorlariga 
nisbatan ancha zaif pozitsiyasiga ega boʻladilar. Ularning ba’zilari tirishqoq, 
sergʻayratlikga da’vogar boʻladilar 
va 
sozlangan 
strategiyalardan 
oʻz 
pozitsiyalarini mustahkamlashda, bozordagi ulushini kengaytirishda foydalanadilar. 
Ular ancha chapdast boʻladilar va quyidagi yondoshuvlardan har qanaqasini qoʻllay 
oladilar. 
1. Vakant uya strategiyasi. 
2. Mutaxassis strategiyasi. 
3. Firmaning «bizda ulardagidan yaxshi» strategiyasi. 
4. «Itoatguy izdosh» strategiya. 
5. «Ega boʻlish (yoki orttirish) hisobiga oʻsish» strategiyasi. 
6. Obroʻga mos strategiya. 
7. Muvaffaqiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar 
Raqobat mavqei yomonlashayotgan firma oʻz siyosatini toʻrtta asosiy strategik 
imkoniyatlardan kelib chiqib koʻradi. Firmada moliya mablaglari mavjud boʻlsa, u 
quyidagi strategiyani amalga oshirishi mumkin. 
• Aylanma hujum strategiyasi. 
• Himoya va mustahkamlash strategiyasi. 
• Tezlik bilan chekinish strategiyasi. 
• «Hosil yigʻish» strategiyasi. 
Bunday firmalar jozibasiz tarmoqlarda «hosil yigish» dan pul mablagʻlarini 
daromadli sohalarga yoʻnaltiradilar. 
Muvaffaqiyatli 
ishbop 
strategiya 
ishlab 
chiqish 
uchun 
tavsiyalar 


55 
quyidagilardan iborat: 
1) Strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishda firmaning raqobat 
mavqeini uzoq muddatga kuchaytirish imkonini beradigan harakatlarga alohida 
e’tibor bering. 
2) Shuni bilingki, izchillik bilan aniq ishlab chiqarilgan va keskirlik bilan 
amalga oshirilgan raqobat strategiyasi firmaga obroʻ keltiradi va kning tarmoqdagi 
mavqeini tan oldiradi. Bir lahzalik bozor imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan 
oʻzgaruvchan strategiya esa yuzaki natijalar beradi. 
3) Pastroq xarajatlar va kengroq tabaqalashtirish oʻrtasidagi murosasozlikka 
asoslangan, «yoʻlning yarmisida toʻxtab qolgan» strategiyalardan uzoqroq boʻling. 
4) Mablagʻlarni mustahkam bozor ustunliklari yaratishga sarflang. 
5) Raqobat ustunliklari yaratish uchun agressiv hujum taktikasini va ularni 
himoya qilish uchun qat’iy himoya taktikasini qoʻllang. 
6) Eng qulay sharoitlardagina muvoffaqiyat keltirishi mumkin boʻlgan 
strategiyalardan qoching. 
7) Firmaga 
manevr 
imkoniyatlari 
qoldirmaydigan 
qattiq 
strategiya 
qoʻllayotganda extiyot boʻling, chunki tez oʻzgaruvchan bozor sharoiti barcha 
harakatlaringizni yoʻqqa chiqarishi mumkin. 
8) Raqiblar harakatiga yetarli baho bermaslikka yoʻl qoʻymang. 
9) Salobatli raqobat ustunligi va yetarli moliyaviy ta’minot boʻlmasa kuchli 
raqiblarga hujum qilmang. 
10) 
Kuchli raqibdan koʻra kuchsiz raqibga hujum qilish foydaliroq 
ekanligini biling. 
11) 
Xarajatlar boʻyicha yetarli ustunlikka ega boʻlmay turib baholarni 
pasaytirmang. 
12) 
Raqiblarning bozordagi oʻrnini bisib olishga qaratilgan agressiv siyosat 
ularni urush ochishga va «marketingcha» qurollanish poygasini boshlashga turtki 
boʻlishi mumkin. 
13) Tabaqalashtirish strategiyasini amalga oshirishda sifat, tovarlardan 
foydalanish va xizmat koʻrsatishda muhimroq tafovvutlar topishga harakat qiling. 
Nazorat savollari: 
1. Firma ishlayotgan tarmoqni qanday ta’riflash mumkin? 
2. Firmaning tarmoqdagi ahvoli qanday baholanadi? 
3. Firmaning tarmoqdagi mavqei va strategik imkoniyatlari oʻrtasida qanday 
bogʻlanish bor? 
4. Hujumkorlik strategiyasini qachon qoʻllash lozim? 
5. Tarmoqdagi harakatlantiruvchi kuchlarga nimalar kiradi? 
6. Firmaning strategik harakatlari deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 271,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin