Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsienti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix06.02.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#123077
1   2   3   4   5   6   7   8
Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsienti
Har qanday elektr mashinalaridagi kabi transformatorlarda ham keltirilgan energiyaning bir qismi 
uning o‘zida isrof bo‘ladi. Bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat: 1. Tokning issiqlik ta’siri 
tufayli mis chulg‘amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi 
2. Magnit oqimining o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga kelgan po‘lat o‘zakdagi gisterezis va uyurma 
toklarga sarf bo‘ladigan quvvat isrofi Pn = Pr + Py Bu quvvat isrofi po‘lat o‘zakning materialiga, 
magnit induksiyasiga va o‘zgaruvchan tokning chastotasiga bog‘liq. 3. Transformatorning 
konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan quvvat isrofi Pk. Bulardan Pm va Pn asosiy isroflar hisoblanadi. 
Mis chulg‘amlardagi quvvat isroflari yuklamaga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘zgaruvchan, po‘lat 
o‘zakdagi quvvat isroflari Pn esa transformatorning ish jarayonidan o‘zgarmas (nominal 
kuchlanish chegarasida) dir. 
cosφ2 yuklama quvvat koeffitsienti, Snom transformatorning to‘la quvvati, VA. Katta quvvatli 
transformatorlarning foydali ish koeffitsienti 0,97‚0,99, kichik quvvatlilarniki esa 0,82‚0,9 atrofida 
bo‘ladi. Transformatorlarda Rp=Pm bo‘lganda uning yuklanish koeffitsienti optimal (βopt 0,5‚0,6) 
bo‘lib, bunda transformatorning foydali ish koeffitsienti eng yuqori bo‘ladi. 
Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari 
Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidagi nominal kattaliklar 
ko‘rsatilgan bo‘ladi: 
1) transformatorning turi;
2) chiqish tomonidagi nominal quvvat Snom, kVA;
3) birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal liniya kuchlanishlari (U1nom va U2nom ) 
kV;


4) salt ishlagandagi quvvat isrofi (P0 = Pp ) , kVt;
5) mis chulg‘amlardagi, ya’ni qisqa tutashuv paytidagi quvvat isrofi (Pm= Pk) kVt; 
6) qisqa tutashuv kuchlanishi (uq ) %
7) yuklama nominal va uning yarmiga teng hamda cosφ2 =1 dagi foydali ish koeffitsienti. 
Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal toklari esa uning nominal 
kattaliklaridan hisoblab topiladi. 
Transformatorning ish rejimlari Salt ishlash rejimi. Transformatorlarni ishlatish jarayonida 
ko‘pgina vaqt ularning birlamchi chulg‘ami manbaga ulanib, ikkilamchi uchlari bo‘sh qoladi. 
Bunday rеjim transformatorning salt (yuklamasiz) ishlash rejimi dеyiladi. Salt ishlash rejimida U1 
= Unom va I2 = 0 bo‘ladi. Bunga mos sxеma 4.6-rasmda ko‘rsatilgan. 
Transformatorning birlamchi chulg‘amiga bеrilgan sinusoidal kuchlanish U1 ta’sirida 
chulg‘amdan salt ishlash toki I0 w1 oqib o‘tadi. Bu tokning magnitlovchi kuchi I0 w1 po‘lat o‘zak 
bo‘ylab tutashuvchi asosiy magnit oqimi Ф = Фmsinωt ni va qisman havo hamda po‘lat o‘zak 
orqali tutashib tarqalgan magnit oqimi Ф1S ni hosil qiladi. Bu o‘zgaruvchan magnit oqimlari 
o‘zining chulg‘amlarda induksiyalangan EYuK lari bilan quyidagi bog‘lanishga ega: 


Dеmak, EYuK lar ularni induksiyalangan magnit oqimlaridan faza bo‘yicha 900 ga kеchikadi. Bu 
EYuK larning ta’sir etuvchi qiymatlari: 
Tok I0 birlamchi chulg‘am nominal tokining (3‚10) % ini tashkil etgani uchun vektor 
diagrammada hosil bo‘lgan kuchlanishlar uchburchagi real masshtablarda qurilsa, juda kichik 
bo‘ladi. Shuning uchun U1 ≈ E1 deyish mumkin. U holda olingan nisbat va E1 = 4,44fw1Fm ga 
binoan asosiy magnit oqimi Ф ni kuchlanishga proporsional deyish mumkin. Salt ishlash rejimida 
transformatorning quvvat koeffitsienti cosφ0 = 0,2‚0,3, ikkilamchi chulg‘amdagi tok I2 = 0 
bo‘lgani uchun U20=E2 bo‘ladi. Natijada K= I10 / I20 ; P0= Ppo’lat 



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin