— jamiyat — davlat” tamoyiliga oʻzgartirilmoqda. Yanada
sodda qilib aytganda, Oʻzbekistonda har bir fuqaroning qadrini
yuksaltirish va farovonligini oshirish zarurligiga urgʻu
berilmoqda.
Eng asosiysi, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7
ustuvor yoʻnalishning bosh gʻoyasi — inson qadrini
taʼminlash. Chunki Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi
asosiy gʻoya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nom bejiz
tanlanmagan. Bu nom, avvalo, mazkur Taraqqiyot strategiyasi
— 2017-yil fevralida tasdiqlangan va keyingi besh yil ichida
hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasining yangi
bosqichdagi mantiqiy davomi ekanini anglatadi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida “Harakatlar
strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili
ilgari surilgan. Binobarin, Harakatlar strategiyasidagi har
bir yoʻnalishnitaraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy,
keng koʻlamli va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi
ustuvor yoʻnalishlarda muhim natijalarga erishish koʻzda
tutilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasida, shuningdek, BMT va uning
ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar
hamkorlikni jadallashtirish, BMTning “Inson huquqlari
yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini ilgari surish uchun
barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish
istiqbollari koʻrsatib berilgan.
Shu nuqtayi nazardan, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot
strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chogʻda unda
belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va muhim vazifalar ham
milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global
darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan
uygʻun va hamohangdir.
|