Changchilar – changchi ipidan va changdondan tashkil topgan. Changdon
ikkiga bo’lingan bo’lib, bir-bir bilan bog’lovchi orqali ajratib turadi. Bog’lag’ich
changchi ipining davomi bo’lib hisoblanadi. Har bir bo’lak (teka)
ikkita chang
uyasidan tashkil topib, ichida mikrosporalar yetiladi. Chang ipi juda uzun bo’lishi
yoki juda kalta bo’lishi ham mumkin.
Ginetsey
7–
rasm. Urug’chining tuzilishi.
Ginetsey deb megasporofillarni hosil qiladigan mevabarglarga aytiladi.
Gulda ularning soni bitta yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Guldagi urug’chilar
to’plami ginetsey deyiladi. Ginetseyda urug’chining
tumshuqchasi, ustunchasi va
tugunchasi mavjud (7–rasm).
1.
Urug’chining tumshuqchasi bir, ikki, uch va undan ortiq bo’laklarga
bo’linishi mumkin. Bu bo’laklar urug’chining
nechta mevabarglardan hosil
bo’lganligini bildiradi. Urug’chining tumshuqchasi chang hujayralarini qabul qilib
oladi, ya’ni urug’chining tumshuqchasida changlanish jarayoni sodir bo’ladi.
2.
Urug’chining ustunchasi tuguncha bilan tumshuqchani biriktirib turadi.
Ba’zi bir urug’chilarda ustuncha bo’lmaydi (ko’knor), ayrimlarida esa ustuncha juda
uzun bo’lishi ham mumkin (masalan, makkajo’xori so’talaridagi urg’ochi gullar).
3.
Urug’chining tugunchasi. Tuguncha urug’chining asosiy,
muhim
qismlaridan biri bo’lib, uning gulda o’rnashishiga qarab
ustki,
ostki va o’rta
tugunchalarga ajratiladi.
Gul o’rniga
erkin joylashgan tuguncha ustki (g’o’za, lola), ko’zachaga
o’xshagan botiq gul o’rniga tuguncha erkin joylashgan bo’lsa o’
rta (na’matak,
Dostları ilə paylaş: