3 7
bo‘lsa-da, bizning Shum bola bunday kimsalarni bir ko‘rishda
taniydi, ularning chirkin muhitidan iloji boricha tezroq qutulish
yo‘llarini qidiradi va albatta topadi! Mana shu paytlarda Shum
bolaning
naqadar topqir, ziyrak, ba’zan esa, yaxshi ma’noda
shum bola ekaniga qayta-qayta amin bo‘lamiz.
Qissadan o‘qigan parchamizda ham Shum bolaning Sariboy-
day ezma, injiq, xasis kimsani boplab dodini berganiga guvoh
bo‘ldik.
Avvalo shuni aytish kerakki, Shum bolaning Sariboyni mot
qilish usuli Sharq xalqlari og‘zaki ijodi namunalarini –
ertak-
larni ijodiy qayta ishlash mahsuli hisoblanadi. Biron muhim
voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q taf-
silotlar orqali bayon qilish usuli, jumladan, «Uch yolg‘onda qirq
yolg‘on» ertagida uchraydi. Sharq adabiyotining katta bilimdoni
hisoblangan G‘afur G‘ulom o‘z Shum
bolasini bu safar ayni shu
usul bilan Sariboyning g‘azabidan omon olib chiqib ketadi.
Guvohi bo‘lganimizdek, shu paytga qadar bu ezma va laqma
boyga odam bolasi teng kela olgan emas. Uning qo‘lida umrbod
xizmat qilib charchagan kishilarning dard-u alami ichida. Hech
biri yurak yutib xo‘jayinga gap qaytara olmaydi. Gap qaytarish
qayda, umuman, bu odamga ro‘para kelishdan qo‘rqib yurishadi.
Chunki, xoh yaxshi, xoh yomon gap bo‘lsin, Sariboy nuqul
«xo‘sh, innaykeyin-chi» deb,
Shum bola aytganidek, «odamni
xit qilib yuboradi».
Xo‘sh, nima qilish kerak?
Bu yoqda olmalar pishib, tagiga to‘kilib, uvol bo‘lyapti. Xo‘-
jayin ruxsatisiz terishsa ham bir balo, vaqtida terilmay qolib
ketsa, yana bir balo. Har ikki holda ham bechora xizmatkorlar
aybdor bo‘lib qoladi. Shu
muammoni yechib kelish Shum
bolaning chekiga tushgan.
Sezgan bo‘lsangiz, birovlarning dard-u tashvishi, olamda bo‘-
layotgan ming turli ishlar Sariboyning yetti uxlab tushiga kir-
masdi. U dunyoda faqat o‘zim bo‘lay deb yashaydiganlar xili-
dan edi. Shu ahvolda Shum bola xo‘jayinning «innaykeyin»iga
3 8
!
munosib javob topishi,
eng muhimi esa, boyni bu savolni berish-
dan bezdirib tashlashi kerak! U Sariboyni uncha-muncha gap
bilan, yangilik bilan lol qilib bo‘lmasligini yaxshi biladi. Demak,
«sopini o‘zidan chiqarish» – boyning «nozik joyi»dan ushlash
lozim. Uning nozik joyi esa mol-mulki, boyligi bilan bog‘liq.
Gap
ana shu mavzuga burilsa, «boyning chaynab turgan yaxna
tilni yutishga ham darmoni qolmaydi». Bir xabarni ikkinchi bir
xabarga shunday ulash kerakki, natijada «innaykeyin» degan
bema’ni savolni berishga Sariboyning yuragi dosh bermasin.
Shum bola xuddi shunday qiladi ham. «Dandon sopli pi-
choq»ning sinishi bilan boshlangan gap kenjatoy o‘g‘il Bo‘ri-
boyvachchaning «terakdan yiqilib o‘lishi» bilan tugaydi. Bu
ham yetmaganday, boyning turmushga chiqmagan o‘rtancha qizi
«dunyoga arziydigan o‘g‘ilcha tug‘gani»,
chaqaloq esa Badal
aravakashga «quyib qo‘yganday» o‘xshashi to‘g‘risidagi gaplar
Sariboyni, nihoyat, yiqitadi. Shundan keyin ham ezma boy
«innaykeyin»lab ko‘rsin-chi!
Dostları ilə paylaş: