Nurlanish perometrlari – jism haroratini datchik bilan bevosita kontakt orqali o’lchash mumkin
bo’lmagan hollarda qo’llaniladi
Qalpoqli pechlar – qalpoqni (qo’zg’aluvchi qism) va stendni (qo’zg’almas qism) hosil qiluvchi
tsilindrik yoki to’g’ri to’rtburchak formali ishchi fazosiga ega.
Elevator pechlari – pastki tomoni ochiq ko’zg’almas qizdirish kamerali pech bo’lib ular pastga
tushadigan tagligga ega.
Kamerali pechlar – metalldan tayyorlangan mahsulotlarni turli xil termik qayta ishlash uchun
qo’llaniladi . Kamerada ish harorati 16000S gacha yetadi.
SHaxtali elektropechlar – mayda, katta gabaritli yoki uzunligi katta bo’lgan mahsulotlarni turli
xil termik qayta ishlash, mayda seriyali ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi.
Tagligi suriladigan pechlar – kamerali pechlarni mexanizatsiyalash-tirilgan modifikatsiyasi
hisoblanadi.
Elektr pechlar - vannalar – maxsus o’zun va yupqa devorli metall mahsulotlarni termik qayta
ishlash uchun qo’llaniladi
Uzluksiz ishlovchi pechlar – Mahsulotlar qizish jarayonida yuklashtirishdan yuksizlantirish
bo’limiga o’tishiga asoslangan
Konveyerli pechlar – bu pechlardagi mahsulotlar konveyer lentasida harakatlanadi
Turtish pechlari – turtish mexanizmi yordamida mahsulotlar qizdiriladigan taglik bo’yicha
harakatlantiradi
Rolgangli pechlar – jismlarning harakatlanishi issiqlikka chidamli roliklarni aylanishi orqali
amalga oshiriladi
Barabanli elektr pechlari – mahsulotlarning harakatlanishi issiqlikka chidamli po’latdan
tayyorlangan aylanuvchi baraban (mufel) ichida amalga oshiriladi.
Karusel pechlari – xalqa bo’lib aylanuvchi taglikka ega, u orqali yuklanish tirqishidan
mahsulotlar o’zatiladi.
Tortuvchi pechlar – qora va rangli metallardan tayerlangan simlar, lentalar va yupqa devorli
trubalarga termik ishlov berishga mo’ljallangan
Bevosita qizdirish pechlar va qurilmalari vapechlari – energiyani o’zgarishi qizdirilayotgan va
to’g’ridan to’g’ri tok zanjiriga ulangan jismda yuz beradi
Dielektrik qurilmalar – ishlash printsipi kondensatorning o’zgaruvchan elektr maydoniga
joylashtirilgan dielektrik materiallar issiqlik energiyasi ajratishiga asolangan.
Qopqoq - metallning sig’imi, induktsion birliklarning soni va texnologik xususiyatlarga bog’liq
ravishda tsilindrsimon, to’g’ri to’rtburchak va oval formali bo’lishi mumkin.
Futerovka – olovbardosh g’ishtlardan (magnezit, shamot) teriladi yoki kukun (poroshok)dan
suvaladi.
Induktsion birlik – kanallari eritilgan metallni joylashtirish uchun futerovka kilingan elktr pech
transformatori bo’lib, u quyidagi qismlardan iborat: qopqoq, magnit o’zak, futerovka, induktor.