Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Psixogimnastik mashqlarni O‘tkazishda trenerga tavsiyalar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

6.2. Psixogimnastik mashqlarni O‘tkazishda trenerga tavsiyalar. 
Treneming о zi psixogimnastik mashqlami bajarishda qatnashishi kerakmi? degan savolga 
javob izlanadigan bo'lsa, aytish mumkinki, bu savolga mutaxassislar lomonidan berilgan javoblarda 
aniq ko'rsatma berilgan emas. Lekin bu borada mutaxassislar tomonidan qayd etilgan ayrim 
ko'rsatmalar mavjudki, ulami alohida la'kidlab o'tish mumkin:
• Trener kunning 1-yarmida o'tkaziladigan qisqa psixogimnastik 
mashqlarda imkoniyatiga qarab ishtirok etishi kerak, ayniqsa kun boshida. Buni hatto qoida 
sifatida qabul qilish ham mumkin. Imkoniyat deganda esa bitta odam trener bo’lib ishlashi qiyinligi 
bois har doim yordamchi trener bo’lishi kerakligi nazarda tutiladi.
• lshtirokchilaming toq yoki juft soni talab qilinadigan psixogimnastik mashqlarda guruhni 
toidirish uchun qatnashishi mumkin. Lekin bu trener shunday holatdagi barcha mashqlarda albatta 
qatnashishi shart degani emas. Treneming psixogimnastik mashq jarayonidagi asosiy vazifasi 
mashqda ishtirok etish emas, balki guruhni tartibga solib turish va ulaming ruhiyatida sodir 
bo’layotgan o'zgarishlami kuzatishdan iboratligini hech qaysi trener unutmasligi kerak. 
• Agar trenerdan mashqni nazorat qilib turish talab etilsa, u mashq bajarishda qatnashmaydi. 
Ayniqsa ko'zni yumib bajariladigan mashqlarda treneming qatnashmasligi guruh ishtirokchilarining 


39
dadil bo‘lishiga olib keladi, shu bois bunday mashqlarda trener ishtirok etmasligi lozim. 
Psixogimnastik mashqlarni tashkil etishda trener quyidagi tamoyillarga amal qitishi lozim:
• Birinchidan. psixogimnastik mashqlaming mantiqiy tuzilishiga e’tibor berish kerak. Bunda 
“oddiydan murakkabga” prinsipi amal qilishi kerak. Kam harakat mashqlardan faollashtiruvchi 
mashqlarga va aksincha holatlarga o’tib turish kerak.
• Ikkinchidan. ishtirokchilarni psixogimnastik mashqlarni bajarishga tayyorlab olish 
jarayoniga e’tibor berishi kerak. Ishtirokchilarga shunchaki, “Kelinglar o'ynaymiz” deb 
psixogimnastik mashqlarni boshlab bo’lmaydi.
• Uchinchidan. trener o'ziga xos darajada juda katta psixogimnastik mashqlarlar “zaxirasi"ga 
ega bo’lishi lozimki, bu unga turli xil vaziyatlarda asqotadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin