Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


Trenerning emotsional ta’sirchanlik qobiliyati



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 
 6.3.Trenerning emotsional ta’sirchanlik qobiliyati
Trener o’zidagi istak-xohishni aniq namoyon qilish orqali ishtirokchilarni psixogimnastik 
mashqni boshlashga qiziqtirishi lozim. Psixogimnastik mashqni boshlash uchun qilingan taklif 
jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchilarni harakatga keltirishi kerak. Guruhdan 
psixogimnastik mashqni boshlashga bo’lgan xohishini so’rash tavsiya etilmaydi, chunki ko’pchilik 
ishtirokchilar uchun bu noodatiy hoi bo’lib, ular psixogimnastik mashqga qatnashishdan bosh 
tortishi mumkin. Shuning uchun guruhni tanlash imkoniyati (ya’ni "xohlasangiz qatnashing, 
xohlamasangiz o’ynamasligingiz mumkin" kabi vaziyatijda qoldirmaslik kerak. "Albatta 
o’ynaymiz" degan qaror — yagona qaror bo’lishi kerak! 
Trener psixogimnastik mashqlarni o’tkazish va uning samaradorligiga erishish uchun yana 
quyidagilami ham bilishi lozim. 
Psixogimnastik mashqning jadalligi va sur’ati. Trener psixogimnastik mashqning borishini, 
uning jadalligi va sur’atini ham aniqlab olishi muhimdir. Agar psixogimnastik mashq cho’zilib 
ketadigan bo’lsa, uni tezlatishga, ishtirokchilarni qiziqtirish uchun esa mashqni ko’tarinki ruhda 
tugatishga harakat qilish zarur. 
Qiziqtirish va sirlitik (mashqqa jalb qilish). Ba’zi hollarda trener psixogimnastik mashqni 
boshlashdan va mashq qoidalarini tushuntirishdan oldin ishtirokchilarni qiziqtirish uchun ularga 
hozir qiziqarli mashq o’tkazilishini, ular bunday mashqni hech qachon bajarmaganliklarini sirli 
tarzda ta’kidlashi maqsadga muvofiqdir. 
Bahslashish (Musobaqalashish) Kattalarda ham va bolalar ruhiyatida ham musobaqalashishga 
bo’lgan moyillik kuzatiladi. Ana shu moyillikdan foydalangan holda trener ishtirokchilarda 
psixogimnastik mashqga xos kayfiyatni vujudga keltirish uchun guruhlar o’rtasida raqobat hissini 
uyg‘otishi yaxshi natija beradi. Masalan, "Qayta qurish", "Mumyo” yoki "Minora" kabi 
psixogimnastik mashqlarda, agar trener topshiriqni musobaqa holatida tashkil qila olsa, (ya’ni "qani 
qaysi guruh tezroq bajaradi?"ga o'xshagan ko‘rinishlarda bersa), psixogimnastik mashq jadalroq va 
qiziqarliroq o'tadi. Albatta, barcha psixogimnastik mashqlarda bu taktikani qoTlash maqsadga 
muvofiq emas, biroq o‘rni kelganda foydalanish yaxshi natija beradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin