Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

Yechim izlash bosqichi. Bu bosqich muloqot jarayonida murakkab masalalar, muammolar, 
nizolar yuzaga kelganida zarur bo'ladigan bosqichdir. Har qanday muammoning yechimi mavjud. 
Faqat boshqalar muloqot jarayonida muammoli vaziyatga tushib qolinganda mana shu ko’mkmaga 
ega bo‘lish lozim bo‘ladi. Sunday ko‘nikma hayot jarayonida krossvordlar yechish orqali ham 
rivojlantiriladi. Lekin trening jarayonida bu ko’nikmaga o‘rgatish trli muammoli vaziyatlami tahhl 
etish orqali amalga oshiriladi. Bunda ishtirokchilarga muammoning yoki holatning bir emas, bir 


78
nechta yechimlami o’ylay olish, topish topshirig‘i berilidi va shu asosda ko‘nikmalar hosil qilinadi. 
Qaror qabul qilish bosqichi. Bir qancha yechimlar orasidan mosini topib ma’lum bir 
qarorga kela olish ko‘nikmasi shundan iboratki, kishi o’zi qabut qilayotgan qaroming natijasi nima 
bo’lishini aniq tasavur eta olishi kerak. Shuningdek, bu jarayonda faqat o‘z manfaatini emas, 
boshqalar manfaatini ham hisobga olgan holda qaror qabul qilish lozim. 
Bunda muammoli holat muhokama etilayotganda albatta suhbatdoshlar orasidan kimningdir 
fikri, aniqrog’i qaroriga qolganlar b o ’ysunishi kuzatiladi. O ‘z sheriklarini o‘zining qaroriga 
bo’ysundira olish hammanmg ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun muloqot jarayonida 
psixologik ta’sir masalsiga to’xtab o'tish lozim. 
Muloqotda psixologik ta’sir kishilaming birgalikdagi faohyatlari jarayonida bir-birlariga 
amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-
birlariga yordam berish, bir-birlaridan o’rgamsh, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator 
qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. O ‘zaro m uloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga 
psixologik ta sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi mumkin. 
. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, bosliqa 
biri esa, aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. 
Muloqot jarayonida psixologik ta’sir ko’rsatishning asosiy omili - bu psixologik obro’dir. 
Ya’ni agar so’zlayotgan shaxs biz uchun qaystdtr mavqeda obro’ga ega bo’lsa, biz uni jon-dilimiz 
bilan tinglaymiz va uning gaplari orqali o‘z , xatti-harakatlarimiz yoki xulq-atvorimizni 
o’zgartirmiz.
Pedagogik ta’sir Qaysidir o’qituvchinmg odobi, o‘z kasbini ustasi ekanligi, talabalar qalbini 
tushuna olishi, ulaming yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning 
talabalar orasida ma’lu bir obro’ga ega ekanligini belgilaydi. Bunday o‘qituvchining aytganlarini 
har bir talaba iloji boricha bajarishga tayyor bo’ladi. 
Aksincha qaysidir o’qituvchi talabani tushunishga harakat qilsada, ularga juda odob bilan 
muomala qilsada, uning obro’si yetarli darajada bo’lmaydi va aytganini talabalarga bajartira 
olmaydi, ham. 
Har bir insonning qadriyatlar tizimi va tasavvur obrazlari mavjud boiib, ma’lum bir inson 
qaysidir jihatlari bilan shularga mos kelsa, o‘sha odam obro’ga ega boiadi. Aksincha uning hurmat 
qozonishi qiyin kechadi. M, talabalar uchun o’qituvchinmg bilimli va pedagogik mahorati qadriyat. 
Shunga mos kelgan o’qituvchilar ko’pincha psixologik ta’sir o’tkaza oladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin