O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich


 Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni



Yüklə 1,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/69
tarix02.04.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#124708
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

6.3. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. 
Oilada axloqiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yilgandagina shaxsga xos 
quyidagi salbiy axloqsizlik, odobsizlik, manmanlik, kibrlilik, dangasalik, 
maqtanchoqlik, ko’ngli qoralik, xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, 
e’tiqodsizlik, adolatsizlik, yolg’onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik, kattalarni 
hurmat qilmaslik, kichiklarga izzat ko’rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy 
sifatlarni shakllanishining oldini olinishiga erishiladi. Oila tarbiyasi, yuqorida 
ta’kidlab o’tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun ma’sul shaxslar 
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib 
tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy 
burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga 
nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali 
mehnatga tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-
intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom 
turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z 
va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini 
ko’rsatadi. 
Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila 
jamiyatning ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga 
xos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik 
hamda xarakterlar to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson 
organizmining ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil 
iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan 
biridir. 
Oila tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning 
moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining 
mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy 
muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo 
munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan 
komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi 


61 
mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, 
birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi. 
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijtimoiy 
faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi 
omil bo’lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur 
shartlaridan biri.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to’g’ri yuritish ularni vaqtdan to’g’ri va 
unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o’yin, 
mehnat va o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. 
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, 
ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila 
tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari –
axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy 
hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini 
shakllantirishdan iborat.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin