64
7.O’quvchilarning mehnat,jismoniy va estetik tarbiyasi
7.1.Mehnat tarbiyasining maqsad, vazifalari.
Mamlakatimizda mehnat tarbiyasining mazmuni
va bolalarni mehnatga
tayyorlash muammolari Rahima Mavlonova, Mamat Haydarovlar tomonidan ilmiy
jihatdan asoslab berilgan. Rahima Mavlonovaning fikricha, bolalarni mehnatga
tayyorlash – bu ularda mehnatga nisbatan ularning yoshiga muvofiq keluvchi ongli
va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarini
egallashga
qiziqishni
shakllantirish
demakdir.
O’qituvchining vazifasi
o’quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat – bu har bir insonni vijdoni va burchi
ekanligini, inson o’z mehnati bilan sharaflanishini, faqat vatan farovonligi yo’lida
qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi fazilatlari
rivojlanishi hamda
takomillashishi mumkinligi anglashlariga yordam berishdir.
Oilada, maktabda, jamiyatda mehnat tarbiyasi — bu mehnat ko’nikmalarini
va axloqiy sifatlarni shakllantirish, tanlagan mutaxassislik bo’yicha ishlashni
bilish, mehnatni va o’zgalar mehnati natijasini hurmat qilish, mehnat qilishga
ehtiyojni tushunadigan, his eta oladigan insonni shakllantirish tizimidir.
Mehnat
tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va
mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali
harakat yoki kasbiy ko’nikma, malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan
pedagogik jarayon.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shaxsda mehnat
va mehnat faoliyatiga
ijobiy munosabatni shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo’naltiriladi.
Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning
quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1) o’quv mehnati;
2) ijtimoiy-foydali mehnat;
3) o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish;
4) ishlab chiqarish mehnati.
O’quv mehnati – o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlar, o’quv fanlari
asoslarini o’zlashtirish orqali ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ko’nikma va
malakalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyati.
Ijtimoiy-foydali mehnat o’quvchilar guruhi (jamoasi) tomonidan tashkil
etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda bevosita shaxsni har tomonlama kamol
toptirish, uning muayyan ijtimoiy ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan mehnat
faoliyatining alohida turi sanaladi. O’quvchilar ijtimoiy-foydali
mehnatini tashkil
etishda sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish, hasharlar, mehnat
bayrami, ko’kalamzorlashtirish, maktab binosini ta’mirlash, fermer hamda jamoa
xo’jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yig’ib olishda
dehqonlarga ko’maklashish kabi shakllardan samarali foydalanish mumkin. O’z-
o’ziga xizmat – o’quvchilar tomonidan oilada, ta’lim muassasasida, omma uchun
xizmat ko’rsatiladigan muassasalarda o’z ehtiyojlarini qondirish, shuningdek,
zimmalaridagi vazifalarni ado etish maqsadida tashkil etiladigan mehnat
faoliyatidir. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatishning eng oddiy ko’rinishlari
umumiy
65
ovqatlanish
muassasalarida
xodimlar
xizmatidan
foydalanmaslik,
oilada
yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarni ozoda, o’quv qurollarini esa
tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo’lida muayyan
harakatlarni bajarish kabilar sanaladi. O’quvchilarning ishlab chiqarish mehnati
ta’lim muassasalarida o’quvchilarni muayyan yo’nalishlar bo’yicha
kasb yoki
hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarni
shakllantirish yo’lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat ko’rinishlaridan biri
hisoblanadi. Mehnat tarbiyasining asosiy qismi kasbga yo’naltirish hisoblanadi.
Kasbga yo’naltirish — bu o’quvchiga mehnat bozoriga va imkoniyat va
ehtiyojlariga mos keluvchi kasbni tanlashlariga yordam berish jarayoni
hisoblanadi. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish ta’lim muassasalarida
tashkil etiladigan pedagogik faoliyat hamda o’quvchilar
ishlab chiqarish
mehnatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, unga ko’ra o’quvchilar muayyan
kasb yoki hunar borasidagi bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantiriladilar.
Kasbga yo’naltirish tizimi quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi:
–
kasbiy ta’lim —o’quvchilarni mehnat, kasblar dunyosi, kasb tanlash
muammolari bilan tanishtirish;
–
kasbiy tashxis—o’quvchilarni kasb tanlashga tavsiyalar berish uchun
o’rganish. Tashxis tibbiy, psixologik, pedagogik bo’lishi mumkin;
–
kasbiy maslahat — kasb tanlash bo’yicha maslahat va tavsiyalar
berish;
–
kasbiy tanlov —biror bir kasbga nomzodlarni tanlash;
–
kasbiy moslashuv — ishlab chiqarish sharoitlariga va kasb talablariga
yoshlarni moslashish jarayoni.
O’quvchilarni kasblar dunyosi
bilan tanishtirish suhbat, ekskursiya,
uchrashuvlar, anjumanlar, konkurslar shaklida tashkil etiladi. O’quvchilarni
kasblarga bo’lgan qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishda to’garaklarni, klublar
faoliyatini, bolalar markazlarini o’rni beqiyosdir.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorgarligi ko’rsatkichlari quyidagilardan
iborat. Kasb va uning shaxsga nisbatan talablari to’g’risidagi bilimlari, o’zining
individual xususiyatlarini bilishi, tanlagan mutaxassislik bo’yicha o’quv va amaliy
ishlar, umumiy mehnat ko’nikmalari ko’lami.
Dostları ilə paylaş: