transformatsiya koeffitsiyentlarining farqi 0,5 foizdan ortiq bo‘lmaganda;
qisqa tutashuv kuchlanishlari parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar qisqa tutashuv
kuchlanishlarining o‘rta arifmetik qiymatidan 10 foizdan ortiq farq qilmaganda;
ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan bo‘lganda.
32. Qisqa tutashuv kuchlanishi turlicha bo‘lgan parallel ishlayotgan transformatorlar orasida yuklamani
tenglashtirish uchun transformatorlardan birontasi ham o‘ta yuklanmaganligi sharti bilan, tarmoqlanishlarni
almashlab ulash yo‘li bilan transformatsiya koeffitsiyentini katta bo‘lmagan chegaralarda o‘zgartirishga ruxsat
beriladi.
33. Past kuchlanish tarafida, chulg‘amlari nol chiqishli yulduz — yulduz sxemasi bo‘yicha ulangan quruq
transformatorlarning neytralidagi tok nominal faza tokining 25 foizidan ortmasligi shart.
34. Transformatorlarni (reaktorlarni) o‘chirmasdan turib ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda bajarilishi
shart:
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi transformatorlarni 1 sutkada
bir marta;
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi qolgan transformatorlarni va xodimlarni doimiy
navbatchiligi bo‘lmagan podstansiyalar transformatorlarini 1 oyda 1-marta;
transformator punktlarida — oyda 1-martadan kam emas.
Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar korxonaning elektr xo‘jaligiga
javobgar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish (ko‘zdan kechirish) quyidagi
hollarda o‘tkaziladi:
yomon ob-havo ta’siridan keyin (momoqaldiroq, haroratning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va boshqalar);
gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek, transformator (reaktor) gaz yoki (va) differensial himoya
ta’sirida o‘chirilganda.
Transformatorlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart:
termometrlar va manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari;
transformator korpusining holati, moy oqishining yo‘qligi, kengaytirgichdagi moy sathining harorat
belgisiga mosligi va moyli kirishlarda moyning mavjudligi;
moy sovituvchi va moy yig‘uvchi qurilmalarning, shuningdek, izolyatorlarning holati;
shinalar va kabellar holati, kontakt birikmalarda qizishning yo‘qligi;
signalizatsiya qurilmalari va o‘tish saqlagichlarining butligi;
erga ulash tarmog‘ining holati;
moy uzluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash qurilmalari, termosifonli filtrlar va nam yutuvchi
patronlarning holati;
transformator xonasining holati.
35. YuORsiz transformatorlarni o‘chirib, joriy ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
markaziy taqsimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini kamida 2 yilda 1-marta;
kuchli ifloslanadigan joylarda o‘rnatilgan transformatorlarni mahalliy yo‘riqnomalar bo‘yicha;
barcha qolgan transformatorlarni zarurat bo‘yicha, lekin kamida 4 yilda 1-marta.
YuORli transformatorlar va avtotransformatorlarni joriy ta’mirlash har yili amalga oshiriladi.
Yuklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni navbatdan tashqari ta’mirlash zavod yo‘riqnomalariga
muvofiq, almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalarning ma’lum sonidan keyin o‘tkaziladi.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ta’mirlash, agar ularning biron-bir elementidagi
nuqson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni)
ta’mirlashga chiqarish haqidagi qarorni korxona rahbari yoki elektr xo‘jaligiga javobgar qabul qiladi.
D, DS va S sovitish tizimlarining joriy ta’mirlari har yili amalga oshiriladi. Transformatorlarni joriy ta’mirlash
bilan bir vaqtda kirish joylarini joriy ta’mirlari ham o‘tkaziladi.
36. Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy to‘xtatish quyidagi hollarda zarur:
transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash bo‘lganda;
normal yuklamada va sovitish qurilmasining ishlashida, transformatorning normal bo‘lmagan va doimo
o‘sayotgan qizishida;
kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri diafragmasi yorilganda;
moyning oqishi bilan uning sathi moy o‘lchagich shishasining sathidan pastda bo‘lganda.
Transformatorlar laboratoriya tahlillari bo‘yicha zudlik bilan moy almashtirish zarur bo‘lganda ham ishdan
to‘xtatiladi.
37. Quvvati 160 kV·A va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar moyni termosifonli va adsorbsion filtrlar
orqali uzluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan ekspluatatsiya qilinishi shart.
Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bilan bevosita tegishdan himoyalangan bo‘lishi
shart.
Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jihozlangan transformatorlarda, ushbu
qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qat’i nazar doimo ulangan bo‘lishlari shart. Mazkur qurilmalarni
ekspluatatsiya kilish ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish va namlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
38. Balansida moy bilan to‘ldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta sig‘imli apparatning kamida 110
foiz hajmida izolatsiya moyining kamaymaydigan zaxirasini saqlashi shart.
39. Transformator moylarining Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq profilaktik sinovlari o‘tkazilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
5-ILOVA
Dostları ilə paylaş: