O‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar iste’molchilarga tegishli bo‘lgan 220 kV gacha kuchlanishli o‘zgaruvchan tok elektr
qurilmalarini o‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi barcha qurilmalarga taalluqlidir.
Himoya qurilmalari amaldagi EQTQ va o‘ta kuchlanishdan himoya qilish bo‘yicha rahbariy hujjatlar
talablarini qondirishi shart.
2. Iste’molchilarning bino va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib chiqib, yashindan himoya qiluvchi
tegishli qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Yashinning to‘g‘ridan to‘g‘ri urishidan himoya o‘zakli yoki trossli yashin qaytargichlar bilan amalga
oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek, erga ulangan metall tom va metalldan bo‘lmagan
tomga tashlangan metall to‘r ham kiradi.
3. Alohida o‘rnatilgan yashin qaytirgichlar yoki ularni ushlab turuvchi konstruksiyalar sifatida tutun quvurlar
va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, ushbu yashin qaytirgichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega
bo‘lishi shart.
Rekonstruksiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini aniqlashtirish zarur.
4. OTQ konstruksiyalariga, alohida turgan o‘zakli yashin qaytargichlarga, projektor machtalariga, tutun
quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha kuchlanishli HL simlarini (yorituvchi, telefon va shunga o‘xshash)
osish va ushbu tarmoqlarni mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi.
Ko‘rsatilgan tarmoqlar — kabel tarmoqlari bo‘lishi shart.
5. Korxonalarda quyidagi tartibga solingan ma’lumotlar saqlanishi shart:
himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning o‘rnatilishi haqida (razryadlagich turlari, himoya
qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek, quvurli (naysimon) razryadlagichdan tarmoq ajratgichlar va
ventilli razryadlagichlargacha bo‘lgan masofalar haqida;
yashindan himoya qilish vositalari o‘rnatilgan tayanchlar erga ulagichlarining, shu jumladan troslarning
qarshiligi haqida;
elektr uzatish tarmoqlarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuproqning qarshiligi haqida;
elektr uzatish tarmoqlarining boshqa elektr uzatish, aloqa va avtoblokirovka tarmoqlari bilan kesishishi,
HLdan shoxoblanishlar, tarmoqdagi kabel uchastkalari va boshqa izolatsiyasi zaif bo‘lgan joylar haqida.
6. Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan bo‘lishi shart.
OTTda qishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar bo‘ladigan, muzlaydigan, harorat
keskin o‘zgaradigan va intensiv ifloslanadigan tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun mo‘ljallangan
ventilli zaryadsizlagichlarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi ventilli razryadlagichlarni
o‘chirib qo‘yish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod bilan kelishiladi.
Barcha kuchlanishli HLda quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlarining uchqun oraliqlarini qishki
davrda uzaytirmasdan qoldirishga ijozat beriladi.
7. Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinovlari o‘tkaziladi.
8. Podstansiyalarda o‘ta kuchlanishdan himoya qilish vositalari quyidagilarda ko‘rikdan o‘tkazilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan qurilmalarda, navbatdagi ko‘rik vaqtida, shuningdek, chiqib ketuvchi
HLning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin;
doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan qurilmalarda ― barcha uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazishda.
9. HLda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari ko‘riklari erdan turib ko‘rik o‘tkazuvchi
tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
HLni har bir navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazishda;
momaqaldiroqdan keyin HL o‘chganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar izolatsiya buzilishiga (erga
tutashishga) shubha bo‘lsa.
10. Podstansiyaga kirishda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi xodim asosiy uskunalar bilan
birgalikda davriy, shuningdek, podstansiya joylashgan hududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish tarmog‘i
uchastkalarida sodir bo‘lgan momaqaldiroqdan keyin ko‘rikdan o‘tkazadi.
11. Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLning temir-beton tayanchlariga
o‘rnatilgan izolyatorlar ilgaklari va shtirlarini, shuningdek, ushbu tayanchlar armaturalarini erga ulanishlari sozligi
tanlov asosida (elektr ho‘jaligiga javobgar xohishiga ko‘ra) tekshirilishi kerak. Nol sim bo‘lgan taqdirda, ushbu
elementlarni nol simga ulanganligi ham tekshiriladi.
12. Yoy so‘ndiruvchi reaktorlar bilan erga tutashishning sig‘im tokini kompensatsiyalash, sig‘im toki
quyidagi qiymatlardan ortganda qo‘llaniladi:
Tarmoqning nominal kuchlanishi, kV
6
10
15 — 20
35
Yerga tutashuvning sig‘im toki, A
30
20
15
10
Tarmoq kuchlanishi 6 — 35 kV bo‘lgan HLdagi temir-beton va metall tayanchlarda, erga tutashishning
sig‘im toki 10 A dan yuqori bo‘lganda yoy so‘ndiruvchi apparatlar qo‘llaniladi.
Tarmoqlarda erga tutashuvning sig‘im tokini kompensatsiya qilish uchun tokni avtomatik yoki qo‘l bilan
rostlovchi erga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlar qo‘llanilishi kerak.
Sig‘im toklarini, yoy so‘ndiruvchi reaktor toklarini, erga tutashuv toklarini va neytral siljish kuchlanishlarini
o‘lchashlar, yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina
o‘zgarganda, lekin kamida 6 yilda 1-marta o‘tkazilishi kerak.
13. Sig‘im tokini kompensatsiyalab ishlayotgan tormoqlarda kuchlanish nosimmetriyaligi faza
kuchlanishining 0,75 foizidan ortmasligi shart.
Tarmoqda erga tutashish bo‘lmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza kuchlanishidan 15 foizdan
yuqori bo‘lmasligiga uzoq muddat, 30 foizdan yuqori bo‘lmasligiga 1 soat davomida ruxsat beriladi.
Kuchlanish nosimmetriyaligini pasaytirish va neytralni ko‘rsatilgan qiymatlargacha siljitish erga nisbatan
fazalar sig‘imini rostlash bilan amalga oshiriladi (faza simlarini o‘zaro joylashishini o‘zgartirish, shuningdek,
tarmoqlar fazalari orasida yuqori chastotali aloqa kondensatorlarini taqsimlash bilan).
Tarmoqqa yuqori chastotali aloqa kondensatorlari va aylanuvchi mashinalarning yashindan himoya qilish
kondensatorlari ulanganda, erga nisbatan fazalar sig‘imlarining nosimmetriyasiga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi
tekshirilishi shart.
Neytralda ko‘rsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr uzatuvchi
havo va kabel tarmoqlarini fazalar bo‘yicha ulash va o‘chirish man qilinadi.
14. Ayni vaqtda tarmoqda erga ulanish bo‘lsa, yoy so‘ndiruvchi apparatlarni o‘chirib qo‘yishga ijozat
berilmaydi.
15. Sig‘im tokini kompensatsiyasi bilan ishlayotgan tarmoqdan ta’minlanayotgan korxona, energetika
tizimining tezkor xodimlarini iste’molchi tarmog‘i sxemasidagi o‘zgarishlar haqida yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni
qayta qurish (sozlash) uchun o‘z vaqtida ogohlantirishi shart.
16. Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishlatilmayotgan past (o‘rta) kuchlanish cho‘lg‘amlari
yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va o‘ta kuchlanishdan himoya qilingan bo‘lishi shart.
17. Har yili momaqaldiroq mavsumidan oldin, yashindan himoya qilish sxemalarini ularning qurilmalarida
va elektr zanjiri sxemalaridagi bo‘lib o‘tgan yoki bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya
qilish vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun tekshirish zarur.
18. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan podstansiyalarda neytralni o‘zidan-o‘zi siljishini yoki xavfli ferrorezonans
jarayonlarning oldini olish uchun tezkor harakatlar NKF-110 va NKF-220 kuchlanish transformatorlari bo‘lgan
yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini erga ulash bilan boshlanishi kerak.
19. Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan tarmoqlarda transformatorlarning 110 — 220 kV kuchlanishli
cho‘lg‘amlari neytralini erdan ajratish, shuningdek, releli himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday
amalga oshirilishi kerakki, bunda turli tezkor va avtomatik o‘chirishlarda neytrallari erga ulangan
transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib qolmasligi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
7-ILOVA
Dostları ilə paylaş: |