12
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
boshqalar. Ittifoqo kunlarning birida qoʻlini yuvmoq uchun daryoga engashgan boy
zarbof kiyimlariga tikilgan tillo tangalar tufayli suvga gʻarq boʻladi. Uning joniga ofat
yetkazgan narsa, albatta oʻzi yigʻgan siym-u zar edi. Shuningdek, yashirib qoʻygan
xazinasi ham talon-taroj boʻladi. Hikoya nihoyasida muallif “Sen bunday jirkanch
ishlardan qoʻlingni tort! Ularga zinhor mayl koʻrsatma, chunki bu fano dengizi–dunyo
doimo dahshatli toʻlqin urib turadi”, – deya ogohlikka chaqiradi.
Qorning toʻq, usting but, boʻlsa yetadi,
Ortiqcha tashvishing zoye ketadi.
Nafsing suqligini koʻnglingdan chiqar,
Nafsi oʻpqonliging bir kuni yiqar.[6]
Bu toʻrtlik yuqoridagi hikoyaning ma'nosini yanada ochib beradi. Shu bilan birga
“Hibat-ul haqoyiq”da dunyoning oʻtkinchiligi, nafsga berilmaslik, tavozelik manfaati,
kibrlilik, va xarislikning zarari xususida ham purma'no, ibratli fikrlar bildirilgan.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, Ahmad Yugnakiyning “ Hibat-ul
haqoyiq” asarida yoshlar oʻrganishi, oʻrnak olishi va hayotida tadbiq qilishi mumkin
boʻlgan jihatlar koʻp. Bu asar tom ma'noda oʻzbek didaktik adabiyotining bebaho
durdonasi, bizga qoldirilgan adabiy, boy merosdir. “Hibat-ul haqoyiq” asari Yevropa
tan olgan va e'tirof etadigan jahon durdonalari bilan bellasha oladigan mumtoz asardir.
Bunday asarlarni mutolaa qilish, oʻrganish va boʻlajak pedagog sifatida ularni kelajak
avlodga yetkazib berish bizning vazifamizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Ahmad Yugnakiy “Hibbat-ul haqoyiq” asari 22, 3, 6, 8,12, 10 betlar
2. “Abadiyat gulshani” “Sharq” nashriyoti, Toshkent-2013
3. Sharafjon Sariyev “Adabiyot fanidan yaxlit oʻquv-didaktik majmua” “Sharq”
nashriyoti Toshkent-2014
5.Rayxon Rasulova., Yulduz Jovliyeva. Ibn Sinoning “Hayy bin yaqzon”
asaridagi falsafiy qarashlar va majoziy timsollar tavsifi . A.Qodiriy nomidagi JDPI
Xalqaro ilmiy-uslubiy anjuman. 2021
6.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |