MEHNAT Bir bog‘bonning uch o‘g‘li bor edi. Uchalasi ham yalqov va dangasa
edilar. Bog‘bon bir kuni kasal bo‘lib yotib qoldi. O‘g‘illarini chaqirib:
«Tokzorning ichiga bir ko‘za oltin ko‘mib qo‘yganman. Mendan keyin
o‘zingiz kovlab, topib, bo‘lishib olarsizlar», – dedi va bir necha kundan
so‘ng vafot etdi.
O‘g‘illari oltin izlab bog‘ni ag‘dar-to‘ntar qilib chiqdilar. Lekin hech
narsa topa olmadilar. Biroq shu yili mevalari shu darajada serhosil
bo‘ldiki, cho‘ntaklari pulga to‘ldi.
So‘ngra o‘g‘lonlar angladilarki, oltin yerda emas, mehnatda ekan
(Rivoyat) (74 ta so‘z). TABIATNI ASRAYLIK Agar havoda kislorod bo‘lmasa, odam bir daqiqa ham yashay
olmaydi. Ammo tabiat bunga yo‘l qo‘ymaydi. U o‘pkamiz uchun hamisha
kerakli miqdorda toza havo yetkazib beradi. Agar suv bo‘lmasa, hayot
bo‘lmas edi. Lekin g‘amxo‘r tabiatning shu kungacha insonni suvsiz
qoldirgan hollari bo‘lgan emas. Quyosh bo‘lmasa, hayot to‘xtab qolgan
bo‘lar edi. Ammo tabiatning buyuk qonuniga bo‘ysungan Quyosh har
doim erta tongda chiqib, tirik mavjudotga xizmat qiladi.
Inson - tabiatning oliy mahsuli. Tabiat marhamatisiz yashay olmas
ekanmiz, demak u bizning onamiz (78 ta so‘z).
USTOZ Ustoz-muallim! U fidoyi inson. Ustoz ulug‘ zot! Bu so‘z mag‘rur
jaranglaydi. Shu birgina so‘z zaminida olam-olam ma'no, olam-olam
mehnat bor! O‘qituvchi sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, axloqiy pok
insondir. Ularni har qancha ardoqlasak ham oz, chunki butun kuchlarini,
aql idrokini, bilim va zehnini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkash
insonlardir.
Ustoz qator-qator shogirdlarni tarbiyalar ekan, albatta shogirdining
kamolotini ko‘rib ko‘zi quvonadi. Shogirdlariga oq yo‘1 tilaydi. Har
35
qadamda shogirdlariga yordam qo‘lini cho‘zadi. Shogird ham ustozi izidan
borib, yetuk inson bo‘lib yetishishga harakat qiladi (79 ta so‘z).