D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/97
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#124927
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

TO’MARIS 
Eng qadimgi zamonlarda Araks (Amudaryo) yoqalarida boshqa 
qabilalar qatori massagetlar ham yashar edi. Ularga marhum podshoning 


96 
bevasi - malika To‘maris boshchilik qilar edi. Tabiati go‘zal bu yurtga va 
uning xalqiga egalik qilmoqchi bo‘lgan Eron shohi Kir malika To‘marisga 
uylanmoqchi bo‘ladi. To‘maris uning asl maqsadini fahmlab, taklifni rad 
etadi. Kir esa massagetlar yurtiga qo‘shin tortib keladi. Malika To‘maris 
uni mudhish niyatidan qaytarishga urinadi. Kirning o‘z fikridan 
qaytmasligini bilgan To‘maris uning o‘z qo‘shinlari bilan daryodan 
massagetlar yurtiga o‘tishiga imkon beradi. To‘maris o‘z yurtdoshlari 
bilan daryodan uch kunlik yo‘lga borib turadi. Kirning qo‘shini 
massagetlar yurtiga o‘tib olgach, urush tadbirlarini ko‘radi. Kir hiyla 
ishlatib, To‘marisning o‘g‘li Sparganisni yigitlari bilan asir qilib oladi. 
Hiyla bilan asir tushganligini fahmlagan Sparganis uyatdan o‘limni afzal 
ko‘`rib, o‘zini o‘ldiradi. Bu voqeadan xabar topgan To‘maris Kirning 
qo‘shini bilan urushga chiqadi. 
Malika To‘maris bosqinchi Kirga qarshi jangga borar ekan: “sening 
qonga tashnaligingni qondiraman”, deb ont ichadi. 
Malika To‘maris qo‘shini bilan Kir jangchilari o‘rtasida dahshatli 
to‘qnashuv bo‘ladi. Jangda o‘z yurti, o‘z ozodligi uchun o‘limdan ham 
qaytmaydigan massagetlar g‘olib chiqadi. Eron shohi Kir o‘ldiriladi. 
Uning jangchilari qurol-aslahalarini tashlab qochadilar. O‘z qasamiga 
sodiq malika To‘maris esa ayovsiz jangda o‘ldirilgan bosqinchi Kirning 
boshini kestirib, qon bilan to‘ldirilgan meshga soldiradi. 
O‘z yurtini, xalqini sevgan, uning ozodligi uchun erkaklar kabi 
janglarda qatnashgan malika To‘marisdek mard xotin-qizlar bu yurtda 
ko‘plab o‘tishgan. Shuning uchun ham xalq ularning qahramonliklari 
haqida qo‘shiqlar, dostonlar, rivoyatlar to‘qigan. (224 ta so’z). 
SHIROQ 
O‘rta Osiyo xalqlari qadim-qadim zamonlardan o‘zlari tug‘ilib o‘sgan 
yurtni tashqi dushmanlardan mardonavor himoya qilganlar. Bu janglarda 
qo‘shni qabilalar - skiflar, massagetlar, sug‘dlar, saklarning qo‘rquv nima 
bilmas yigitlari beqiyos mardlik va jasorat ko‘rsatganlar. Tarixda ba’zan 
bir kishining butun bir qo‘shinga bas kelgan hollari ham bo‘lgan. Bunga 
oddiy cho‘pon yigit Shiroqning ko‘rsatgan qahramonligi misoldir. 
Doro qo‘shini bilan saklar o‘rtasida qaqshatqich urush borar edi. Sak 
podachilaridan Shiroq o‘z podsholari Sakesfor Omarg va To‘marislar 
huzuriga kelib, Eron qo‘shinini bir o‘zi hiyla bilan halok etajagini aytadi. 
Buning evaziga podsholardan o‘zining oilasi, bolalari, avlodiga 
g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risidagi va’dalarini oladi. Shundan so‘ng Shiroq 
ular oldida o‘zining quloq, burunlarini kesib, butun a’zoyi badaniga ozor 


97 
yetkazadi. O‘zini rosa qiynab, azoblangan holatga keltirgach, Eron 
qo‘shinlari joylashgan tomonga ketadi. 
Hamma yog‘i qonga belangan Shiroq Eron shohi Doroga arz qilib, uni 
qabiladoshlari shunday ahvolga solganliklarini aytadi. U saklardan o‘ch 
olish maqsadida Doro qo‘shinini saklar yashiringan joyga boshlab 
borishga ahd qilganligini ma’lum qiladi. Unga ishongan Doro qo‘shini bir 
haftalik oziq-ovqat, suv olib yo‘lga tushadi. Uzoq yo‘l yurgach Doro 
qo‘shinining oziq-ovqatlari, suv va otlarga beradigan yemishlari tugaydi. 
Atrof esa suvsiz quruq qum va hech narsa o‘smagan sahro edi. Shunda 
Doro jangchilari jasur cho‘pon yigit Shiroqning hiylasidan voqif 
bo‘ladilar. G‘azablangan dushman jangchilari uni qatl etadi.
Shunday qilib, cho‘pon Shiroqning bir o‘zi vatandoshlarini saqlab 
qoladi va bosqinchi Eron qo‘shinining ochlik, suvsizlikdan qirilib 
ketishiga sabab bo‘ladi. (219 ta so’z). 
 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin