O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya medisinasiinstituti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125710
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrote

XULOSA VA TAKLIFLAR 
Hozirda fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalash 
bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Izlanishlar natijasida 
fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalashning o‘ziga xos 
yo‘llari ishlab chiqildi. Bunda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalashning jahonning 
rivojlangan mamlakatlari tajribalari va respublikamiz iqtisodiyoti va qishloq 
xo‘jaligining o‘ziga xos iqtisodiy-ijtimoiy xususiyatlari inobatga olingan. Erishilgan 
yutuqlar, o‘z navbatida, respublikamiz fermer xo‘jaliklari faoliyatiga izchillik bilan 
jalb etilmoqda. Optimal tarzda tashkil qilingan diversifikatsiyalashning boshqa 
turdagi tadbirlardan asosiy farqi shundaki, u ishlab chiqarish samaradorligi va 
faoliyat rentabelligini oshishiga tez ta’sir ko‘rsatadi. 
Respublikamizda fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalashning asosiy 
turlari sifatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, boshqa fermer 
xo‘jaliklariga agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, turli moliyaviy operatsiyalarda ishtirok 
etish va boshqalar muhim yaxshi rivojlangan. Fermer xo‘jaliklarining qo‘shimcha 
tarzda ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi, birinchidan, qo‘shimcha daromad 
manbaining tashkil topishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash imkonini beruvchi moliyaviy mablag‘lar manbalarini 
shakllantiradi. Chunki ishlab chiqarishni ichki manbalar hisobidan qayta tashkil etish, 
kengaytirish yoki yangilash har doim ham taqsimlanmagan foyda asosida amalga 
oshiriladi.Ikkinchidan, bir-birini qoplash mexanizmi shakllanganligi hisobiga faoliyat 
barqarorligi ta’minlanadi. Bunda asosiy ishlab chiqarish faoliyatidagi ko‘zda 
tutilmagan zararlar qo‘shimcha faoliyatdan olingan foyda hisobiga qoplanadi. Bu 
holat teskari tarzda ham ro‘y berishi mumkin. Ayniqsa, bu xususiyat iqtisodiy 
tavakkalchilik kuchli bo‘lgan qishloq xo‘jaligida qo‘l keladi. 
Tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 
1. Kattaqo’rg’on tumanida 2009-2018 yillarda suv ta’minoti turli ko’rinishda 
bo’lgan va so’nggi yillarda suv ta’minotida miqdoran pasayish kuzatilgan. Tuman 
qishloq xo’jaligi 2010-2014 yillarda 116,8 -145 mln m
3
suv resurslariga ega bo’lgan 
bo’lsa, 2015-2018 yillarda 77,9-111 mln m
3
suv resurslari bilan ta’minlangan. 
2. Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligini 2016-2018 yillar ma’lumotlari 
asosida o’rganish natijasida jami daromadlar – 33,9%ga, xarajatlar – 33,2%, yalpi 
foyda – 37,1%ga ko’payishi, rentabellik darajasini 0,7 punktga oshishiga ta’sir 
etganligini ko’rish mumkin. Tumanda asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2018 
yilda kartoshka – 82670,6 tonna, g’alla – 41669,0 tonna, sabzavot – 270144,5 tonna 
yetishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar 2016 yilga nisbatan kamayganligi kuzatildi. 
Kattaqo’rg’on tumani barcha turdagi xo’jaliklarida go’sht va sut ishlab chiqarish 
miqdori, qilingan xarajatlar va tannarxida o’sish kuzatilgan. Jami xarajatlar 2016-
2018 yillarda go’sht ishlab chiqarishda – 139094,9-153680,6 mln so’m oralig’ida 
bo’lib, tahlil etilgan davrda 14585,6 mln so’mga yoki 10,5%ga oshgan; sut ishlab 
chiqarishda - 34544,5-47685,6 mln so’m oralig’ida bo’lib, tahlil etilgan davrda 
13141,0 mln so’mga yoki 38,0%ga oshgan. Tannarxning ham mazkur davrda – 
go’sht yetishtirishda – 1,9% va sut yetishtirishda – 33,3%ga oshganligi kuzatildi. 
29 


Qishloq xo‘jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning quyidagi 
tamoyillari mavjud: 
- o‘z-o‘zini mablag‘ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng 
samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish; 
- xo‘jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o‘ziga xosliklarini eng yuqori darajada 
hisobga olish; 
- xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan 
ta'minlash; 
- ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa 
qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish; 
- mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport 
chiqimlarini kamaytirish; 
- korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli 
xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish; 
- mahalliy aholining kasbiy ko‘nikmalaridan foydalanish. 
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash uchun olib boriladigan muhim 
vazifalar sifatida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur: 
– fermer xo‘jaliklarida moddiy-texnika bazasini yangi texnika va texnologiyalar 
kiritish asosida yaxshilash va yangilash
– ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va qishloq xo‘jalik 
mahsulotini yetishtirishda tor ixtisoslashtirishga o‘tish; 
– xo‘jalikdagi har bir jarayonni ilmiy asoslangan holda raxbarlik qobiliyatiga 
ega shaxs tomonidan boshqarilishi va kadrlarni to‘g‘ri tanlay bilish; 
– har bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib istiqbolli 
diversifikatsiya strategiyasini ishlab chiqishi lozim. 
30 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin