Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqdangan
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya
qilish va jadal rivojlantirish bo‘yicha aynan shu vazifalarning yechimini topish va
amalga oshirishga asosiy e'tibor qaratilgan (2.1 - rasm).
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish orqali ishlab
chiqarishni
izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada
mustahkamlash, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish
istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.
Birinchi
navbatda
2016-2020
yillar
oralig‘ida
paxta
xomashyosi
yetishtiriladigan maydonlarni 170,5 ming va sug‘oriladigan g‘alla maydonlarini 50,0
ming gektarga qisqartirish hisobiga kartoshka maydonini 36,0 ming, sabzavotlar
maydonini 91,0 ming, intensiv bog‘lar maydonini 18,0 ming, ozuqa ekinlarini 50,3
ming, moyli ekinlarni 14,0 ming va uzumzorlarni 11,2
ming gektarga kengaytirish
bilan bog‘liq ekin maydonlarini yanada optimallashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Harakatlar strategiyasi doirasida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni
ko‘paytirish bo‘yicha 2016-2020 yillarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
belgilangan:
- yangi intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil qilish, mavjudlarni rekonstruksiya
qilish ishlarini davom ettirish;
- jami mevali bog‘lar maydonida intensiv bog‘larning ulushini 2016 yildagi 10
foizdan 2020 yilgacha 30 foizga yetkazish natijasida ularning
hosildorligini kamida
3-4 martaga oshirish;
- intensiv bog‘lar va tokzorlarda bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan
tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish;
- respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt
ko‘chatlari va payvantaklari yetishtirishni 7000000 taga oshirish;
- dunyo bozorlarida talab yuqori bo‘lgan eksportbop intensiv bog‘ mevalari
ko‘chatlari navlarini sinash va ularni Davlat reestriga
kiritish;
- shaxsiy tomorqalardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha zamonaviy
texnologiya va tajribalarni targ‘ibot qilish hamda tarqatish;
- aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida muqobil elektr energiyasi
manbalaridan
foydalanadigan
yengil
konstruksiyali
issiqxonalar,
kichik
parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa yuqori daromadli xo‘jaliklarni
tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish;
- xo‘l
meva-sabzavotlar, qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash va eksportga
jo‘natishga mo‘ljallangan muzlatkichli omborxonalarning umumiy hajmini 632 ming
tonnaga yetkazish;
- almashlab ekish tartibini qo‘llagan holda, uzoq muddatga qishloq xo‘jaligi
ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga o‘tish asosida tuproq unumdorligi va ekinlar
hosildorligini oshirish;
- respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilikka, sho‘rlikka,
issiqlikka, kasalliklarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlari
navlari va xayvonot
turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish.
27
Bugungi kunda ushbu dasturiy vazifalarning bajarilishini ta'minlash maqsadida
hamda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya
qilish jarayonini quyidagi yo‘nalishlarda olib borish maqsadga muvofiq (1– rasm):
Dostları ilə paylaş: