STARS International University
251
keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan
materialini idrok etishga
tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib
turadi. O‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o‘quvchilar diqqatini
materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.[3.s.116]
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan
ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. O‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda te-
gishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda saqlab qolish
kerakligini, nimani
butunlay esda saqlab qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qil-
ishini, nimani so‘zma-so‘z esda saqlab qolishni, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan
aytib berish uchun esda saqlab qolish zarurligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Kuzatishlar
ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda, ko‘pincha, noto‘g‘ri
tasavvurlar vujudga keladi.
O‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan
biridir. Ta’lim berish jarayoni - emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan
axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda
olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning
psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir
paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, opti-
mistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. O‘quvchilar emotsional ruhdagi
materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar.
Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o‘quvchilarning ta’lim jarayonida
aniqlanadi. Birinchisi,
bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi
o‘z o‘quvchilarida o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat
qiladi. Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namoyon bo‘ladi.
Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki yoqimlibo‘lgan
muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim vain-
dividual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar hayotida
katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlardir.
Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga fan asoslarini durustroq o‘zlashtirib olishlariga,
aqliy qobiliyatlarning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. O‘qitu-
vchilarning vazifasi o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ul-
lanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytir-
ish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ul-
lanish
istagiga, mayliga aylantirishdir.
O‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga
olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o‘zini tiya olishida,
unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo‘ladigan iroda, ta’lim jarayoni-
da alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sotsi-
ologiya va pedagogika fanlari shug‘ullanadi. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyan-
ing asosiy muammolari hal qilinib bo‘lmagan holda to‘g‘ri qo‘yilishi
ham mumkin
emas, chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy munosabatlar, har
xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. Barcha uchun umumiy bo‘lgan yoki
o‘quvchilarga individual tavsiyalar berishda umumiy psixologiya va yosh davrlar
psixologiyasiga tayaniladi.Agar jamiyat o‘z taraqqiyot davrida ma’lum bir rivojlan-
ishga, madaniyatga va ma’naviyatga erishgan bo‘lsa va uni saqlab qolishni hamda
yuksaltirishni istasa, uning tarixida turli xil o‘zgarishlar ro‘y berishidan qat’i nazar, u
o‘tmishdan beri saqlanib kelayotgan eng yaxshi an’ana va qadriyatlarini qabul qilishi,
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
252
davom ettirishi lozim bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar va madaniy boyliklar tarixiy
va hududiy chegara va hududiy chegara bilmaydigan boyliklar qatoriga kiradi.
Birin-
chi navbatda xuddi o‘shalar ijtimoiy tarixning barcha bosqichlarida tarbiya maqsad-
larini ifodalaydi. Bu maqsadlar yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va tartiblilik, insoniylik
va tabiatga bo‘lgan muhabbat tushunchalari bilan bog‘liqdir. Bu yana ruhiyat, erkin-
lik, shaxsning o‘zi va atrofida ro‘y berayotgan voqealarga javobgarlikni his qilishi,
kamtarlik, insoniylik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati bo‘lib,
bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. Majburiyatsiz erkinlik – bu o‘zboshimcha-
lik, palapartishlik hisoblanadi. Erkinliksiz majburiyat esa bu qullikdir. Unisi yoki buni-
si o‘zaro bir-birini to‘ldirganda yoki bog‘langanda mustaqil mavjud bo‘lishi mumkin.
Majburiyat yana boshqacha talqin qilinsa, insonning o‘z ixtiyori
bilan jamiyat hayoti
va boshqa insonlar taqdiri uchun javobgarlikni o‘z ustiga olishi tushuniladi. Hozirgi
zamon tarbiyasining umumiy maqsadi bolani yuksak axloqli, ruhiy jihatdan boy, qa-
lban ozod, erkin, burch va majburiyatni his qila oladigan shaxs sifatida shakllantira
olishdir. Tarbiyaning umumiy maqsadi bilan bir qatorda maxsus ijtimoiy maqsad-
lari ham kelib chiqishi mumkin. Ular tarixning ma’lum davrida o‘zgaruvchan talablar
bilan jamiyat taraqqiyotining dolzarb muammolarini bayon
etishi va rivojlanishiga
hissa qo‘shishi lozim. Ma’lum vaqtdan so‘ng jamiyat taraqqiyoti o‘zining bir bosqichi-
dan o‘tgandan keyin rivojlanish davom etsa, bu talablar ham o‘zgarishi mumkin.
Tarbiyaning jamiyat taraqqiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichlariga javob bera
oladigan maxsus maqsad va vazifalari tashabbuskor o‘quvchilarni yetishtirish, shax-
sni o‘z-o‘zini hurmat qiladigan va intiluvchan qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: