Biokimyo va molekulyar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/121
tarix12.05.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#126842
növüУчебник
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121
6402c353af10c 1 Biokimyo va molekulyar biologiya 2 qism darslik

 
 
 
 
 
 
5-rasm. Vodorod bog‘lar 
Disulfid bog`lar 
Oqsil molekulasining reaksiyaga kirishish qobiliyati tarkibidagi erkin 
faol guruhlarning bo‘lishiga bog`liq. Masalan, oqsil molekulasini tashkil 
qiladigan polipeptid zanjir tarkibidagi sistein aminokislotasi disulfid bog`lar 
tufayli polipeptid zanjirlarning ma`lum qismida yoki ular orasida disulfid 
ko‘prikchalar hosil qilish xususiyatiga ega: 
Disulfid bog` oqsillarning fazoviy 
konfiguratsiyasini hosil qilishda muhim 
rol o‘ynaydi. 
Oqsillar 
molekulasi 
tarkibida 
yuqorida keltirilgan asosiy bog`lardan 
tashqari ion bog`lar, polyar bo‘lmagan 
bog`lar va bir qator qo‘shimcha bog`lar 
ham bo‘ladi. 
6-rasm. Vodorod va disulfid bog‘lar. 
 
2.5.§. Oqsil molekulalarining strukturalari 


26 
Odatda oqsillarda uchraydigan aminokislotalar ozaro bir -biri bilan 
peptid bog‘ orqali bog‘lanadi. Chiziqli yonalish qaysiki aminokislota bo‘lsa, u 
bu holatni o‘zida saqlaydi. Oqsil strukturasi murakkab bolib uni 4 yol bilan 
ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘lad. 
Oqsil molekulasida 4 xil struktura mavjud, ya`ni birlamchi, ikkilamchi, 
uchlamchi va to‘rtlamchi strukturalari. 
 
 
 
 
 
 
7-rasm. Oqsil molekulalarining strukturalari. 
2.6.§. Oqsillarning birlamchi strukturasi 
Oqsillar 
molekulasini 
tashkil 
qiladigan 
polipeptid 
zanjirlarida 
aminokislotalarning ketma-ket joylashish tartibi va ularni tutgan o‘rni 
oqsillarning birlamchi strukturasi deb ataladi. Bu tartib irsiy belgilangan va 
o‘zgarmasdan nasldan-naslga o‘tadi. Birlamchi struktura oqsil molekulasining 
asosi (ustuni) deyiladi. Hozirgacha 1000 dan ortiq oqsilning birlamchi 
strukturasi aniqlangan. Shunday qilib oqsillarning biologik xususiyatlari, eng 
avvalo ularning birlamchi strukturasiga bog`liq. 
Birlamchi strukturasi aniqlangan dastlabki oqsil insulindir. Insulin 2 ta 
polipeptid zanjiridan tuzilgan. Birinchi ya`ni A zanjir 21 aminokislota 
qoldig`idan, B zanjir esa 30 aminokislota qoldig`idan tuzilgan. Insulin 
molekulasida 3 ta disulfid ko‘priq bo‘lib, ikkitasi A va B zanjirlar orasida, 
bittasi A zanjirning ichida joylashgan. 


27 
Bir qator anomal oqsillarning birlamchi strukturasini o‘rganish ba`zi 
og`ir irsiy kasalliklar tabiatini aniqlashga imkon beradi. Masalan: normal 
gemoglobin oqsilining -zanjirida 6-o‘rinda glutamin joylashgan, uning 
o‘rinining valin bilan o‘zgarishi og`ir irsiy kasallik o‘roqsimon kamqonlikni 
keltirib chiqaradi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin