31
Ayniqsa mantiqiy masalalar yechishda masalalar murakkabligi hisobga olinishi va
masala sharti va ko‟rinishiga qarab mos texnologiya tanlanishi juda muhim.
2.3.Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.
Men tajriba sinov ishlarini pedagogik amaliyot o‟tkazgan Yangiyer shahar 1-
sonli maktabida olib bordim. Sinov ishlarim davomida maktabning 7 nafar
boshlang‟ich sinf o‟qituvchilari va 62 nafar boshlang‟ich sinf o‟quvchilari ishtirok
etishdi. Tajriba –sinov ishlarimizni 3-“A” sinfida olib bordik. 3-“B”
sinfini esa
kuzatuv sinfi etib tanladik. 3-sinf matematika o‟quv dasturida mantiqiy masalalar
ko‟p berilganligi sababli shu sinflarni tanladik.
11
Dastavval, boshlang‟ich sinf o‟qituvchilari orasida
quyidagi savollardan iborat
kichik so’rovnoma o‟tkazdik.
1. Mantiqiy masalalar yechishga o‟rgatish jarayonida qanday usullarni
qo’llaysiz?
2. Mantiqiy masalalar yechishga o‟rgatishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish samarali deb hisoblaysizmi?
3. O’quvchilar taffakkurini rivojlantirishda mantiqiy masalalarning samaralini
qanchalik yuqori baholaysiz?
Natijalar esa quyidagicha ko’rinish kasb etdi.
11
Xalilova M. R. Maktabgacha ta`lim muassasalari katta guruh yoshidagi bolalarda
ekologik tushunchalarini
shakllantirishning pedagogik asoslari. T.: 2006