O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


-MAVZU. O ’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/95
tarix10.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#128009
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

18-MAVZU. O ’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH.
REJA: 


1.Olib borilayotgan islohotlaming ijobiy natijalar berishini yetuk va malakali mutaxassislar 
ta’minlashi va ulami voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya berish, o’qituvchiga yuklatilgan 
talablarning kun sayin ortib borishi, ularni hal etish vazifasi o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda 
to’g’ri tashkil etilishiga bog’liqligi. 
2. Pedagogik mahoratning natijasi o’qituvchi mehnatida va o’quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida, 
kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo’lib yetishishida o’z aksini topishi, o’qituvchi o’zining 
qizg’in mehnati jarayonida pedagogik mahorat komponentlarini o’zlashtirishi. 
3. Yosh o’qituvchilar mehnatini ilmiy asosda samarali tashkil etish vositalari va o’quvchilar 
bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda amal qilishi lozim bo’lgan boshlang’ich 
yo’nalishlar.
4.O’qituvchining mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha ekanligi, unda o’qituvchi 
mehnatini ilmiy asosda takomillashtiruvchi tamoyillar.
5.O’qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi, izchilligi. Ob’ektiv-
shaxsiy xususiyatlarning o’qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ijtimoiy xususiyatlarga ega 
bo’lgan muhim yo’nalishlardan biri ekanligi, uning sifat va samaradorligini oshiruvchi omillar. 
6. Yosh o’qituvchilar mehnatini ilmiy asosda tashkil etilishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan 
kasbiy mahorat komponentlari. Iqtidor va qobiliyatning o’qituvchi mehnatiga, sezgirligiga 
ta’siri.
7.O’qituvchi mehnatida pedagogik texnikaning roli, ayniqsa o’z-o’zini boshqarish malakalarida 
namoyon bo’lishi. O’qituvchining kasbiy mahoratida mehnat, uning ixtisosligi bo’yicha 
egallagan bilimlar darajasi va kasbiy tajribalari asosida paydo bo’lishi 
Tayanch tushunchalar: 
Mehnatni ilmiy tashkil etish, o'qituvchining kun tartibi, bo'sh vaqti, talablar
 
Har qanday mehnatning muvaffaqiyati va samarasi uni tashkil etishga, bu mehnatni 
uyushtirishga ta'sir etadigan shart-sharoitlarga, faoliyatni amalga oshirish yo'llariga bog’liq. 
Demak, o'qituvchi mehnatining samarasi ham o'qituvchi o'z ishini qanday tashkil etishiga hamda 
bunga ta'sir etadigan shart-sharoitlar qandayligiga bog’liq. Xar qanday mehnatni bajaruvchi 
shaxs o'qituvchi ham o'z ishini tashkil etishda o'ziga ma'qul bo'ladigan, o'zi yaxshi egallagan 
mahorat bilan bajara oladigan uslublarni tanlaydi. Biz ilmiy texnika taraqqiyoti davrida 
yashamoqdamiz. Demak, o'z ishimizni tashkil etishda ham fan-texnika yutuqlariga 
asoslanishimiz kerak bo'ladi. Xususan, o'qituvchi ham o'z mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil 
etishi lozimdir. 
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish deganda pedagogik jarayonni boshqarish uchun 
pedagogika va psixologiya fanining eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda o'z ishini ijodiy 
tashkil etib yangiliklar yaratish tushuniladi. O’qituvchi mehnati uning vakti bilan bog’liq. 
Ishning muvaffaqiyati vaqtdan unumli foydalalish, o’zining imkonmntlarini to'la hisobga olish, 
o'quv qa tarbiya jarayonida o'zini namoyish etish va o'zining kimligini, qanday ekanini, 
nimalarga qodir ekanini tasdiqlash bilan bog’liq. 
O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o’zining ijodiy imkoniyatlariga 
ishonish demakdir. O’qituvchi ta'lim jarayonini to'la tasavvur etishi kerak, uning mexanizmini, 
qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlarini yaxshi anglashi kerak. 


Mehnat shaxsning bir maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy-foydali faoliyati bo’lib, u aqliy, 
jismoiiy kuch, zo'r g’ayratni talab etadi. 
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish tamoyillari: 
1. Rejalashtirish.
2. Tashkil etish 
3. Boshqarish. 
4. Nazorat qilish. 
O’qituvchi mehnati - ijodiy kasblar turiga kiradi. Chunki shu mehnat orqali har 
tomonlama etuk bo'lgan komil insonni tarbiyalaydi. 
Pedagogik mehnat predmeti – tirik shaxs. 
Pedagogik mehnat maqsadi - har tomonlama etuk bo'lgan komil insonni tarbiyalash. 
Pedagogik mehnat natajasi o'quachilarning musgaqil ishlay olishi, darslarda o'z fikrini 
bildira olishi, isbotlay olishi, taxlil qila olishidir.
Pedagogik mehnatning mohiyati, o’ziga xosligi shundaki:
a) ikki tomonlama ta'sir etishi;
b) faqat bir o'quvchi bilan emas, jamoa bilan ishlashi
v) o'quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyatidir. 
Mehpatni ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi 3 ta konkret belgilar namoyon bo'ladi: 
1. Vaqtdan imkon qadar samarali foydalanish; 
2. Mehnat va dam olish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish, 
uni tashkil etish; 
8. Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda mehnat qilish uchun sog’lig’i va har 
tomonlama g’amxo'rlik qilish. 
Qonuniyat va tamoyillarning bajarilishi o'qituvchi mehnatining yo'nalishiga bog’liq: 
1. Ish tajribasi. 
2. O'rganish va tushuntirish tajribasi. 
3. Ishlash uchun sharoitning yaratilishi va ish joyining jihozi. 
1-yo'nalish. O’qituvchi kasbiga oidlari: 

o'z ishiga, kasbiga oid chuqur bilimlarni egallash; 

davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlar, qonunlarni bilish

pedagogika, psixologiya va xususiy metodikani o'rganish; 

bolalar jamoasi va shaxsi haqidagi bilimlarni o'rganish; 

ilg’or tajribani o'rganish va o'z ishida tadbiq etish; 

o’z ustida ishlash va o'z-o'zini tarbiyalash. 
2-yo'nalish. O’z mahorat elementlarini xosil qilish: 

o’z ishiga kerakli bo'lgan va pedagogik mahoratini oshirishdagi ko'nikma va 
malakalarni egallash; 

o'z kuchi va qobiliyatinn to'g’ri ishlata olishi; 

o'z vaqtida kerakli va to'g’ri qaror qabul qilish.
3-yo'nalish: 

ishlash sharoiti va jamoadagi ma'naviy holat; 

jamoadagi psixologik holat;

ijodiy yondashuv;

insonparvarlik;

rag’batlantirish; 

gigiena qoidalariga rioya qilish;

kunni to'g’ri tashkil etish. 
4-yo’nalish. O'qituvchining o'z mehnatini ilmiy asosda tashkil etish uchun unda ma'lum 
darajada pedagogik fazilatlar bo'lishi kerak: 

kim bilan ishlayotganini aniq bilishi uchun ular hayoti haqida to'liq ma'lumotga ega 
bo'lish; 



o'z xohish va maqsadini aniq bilish;

o'z oldiga vazifa qo'ya olish; 

kerakli mazmun, shakl, metodlarni tanlay olish; 

har ishning holatini tahlil qila olish; 

metodik qo'llanmalarni o'rganish va ularni to'play olish; 

vaqtni to'g’ri taqsimlash. 
Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda o'qituvchiniig kun tartibi va ish joyi muhim rol 
o'ynaydi. O'qituvchi o'zi uchun eng optimal, yuqori unum beradigai kun tartibini topa olishi 
kerak. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishga qo'yiladigan talablarni I. P. Radchenko, R. 
Rasulova (Tashauzlik olima) tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning tavsiyasiga ko'ra pedagogik 
mehnatni ilmiy tashkil etishning muhim talablari bu:

asosiy ishlarni rejalashtirish, faolligini uyushtirish;

unda qatnashayotganlarning kuchini yagona maqsadga bo'ysundirish;

rag’batlantirish;

operativ nazoratni hisobga olish.
Ishni rejalashtirishdagi asosiy masala uyushtiriladigan barcha faoliyat turlarini unda 
qatnashayotgan jamoa a'zolarini umumiy pedagogik maqsadga bo'ysundirishni ko'zda tutadi, 
bunda yaqin, o'rta, uzoq maqsadlarni inobatga olish ko'zda tutiladi. 
Shunday qilib, o'qituvchining kun tartibi uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi 
asbobdir. U yo'q joyda mehnat unumi ham past bo'ladi, salomatlik yo'qolib boradi. Natijada 
o'qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, ish qobiliyati yo'qoladi, oqibatda sifati 
kasayadi, Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o'qituvchilarning o'z mehnatini almiy tashkil etish 
vazifasini hal etishga qo'yilgan qadam bo'ladi. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish 
shartlaridan yana biri ish o'rnini tartibga solish va mehnat sharoitini tashkil etishdir. 
O'qituvchining ish joyi ish jarayonining bir qismi bo'lib, mehnat unumining yuqori bo'lishiga 
ta'sir etadi. O'qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati 
bilan belgalanadi. 
Mehnat sharoiti tushunchasi kompleks tushuncha. Mehnatni ilmiy tashkil etish tajribasida 
mehnat sharoiti deganda insonning mehnat qilayotgan joyi, konkret vaziyat ko'zda tutiladi. Yana 
unga psixofiziologik, ijtimoiy, psixologik va gigienik omillar ham ta'sir etadi. 
Pedagogik mehnatning samarasi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko'ra bilishda va aniqlay 
olishdadir. Shundagina ishni ilmiy tashkil etish mumkin bo'ladi. Bu o'qituvchi mehnatini ilmiy 
tashkil etishning

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin