Jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/58
tarix05.07.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#128468
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Jizzax davlat pedagogika instituti (1)

Atrof-muxitni asrash – 
ona tabiat oldidagi ma’naviy qarzdorlik asosida shakllanadigan 
tuyg’u; yer, yer osti boyliklari, suv, o’rmon, xayvonot va o’simlik dunyosi xamda atmosfera xavoni 
muxofaza qilish, tabiatni saqlash, qayta ishlash, atrof muhitning biologik xilma xilligini asrashga 
qaratilgan faoliyat. 
Autotrening – 
o’z-o’zini ishontirishga asoslangan maxsus mashqlar majmui. 
Affekt- 
(lotin. Ruxiy to’lqinlanish, kuchli ehtiros) – nisbatan tez va qisqa muddatli, kuchli 
ehtirosli va emosional xolat; shaxs uchun muhim xayotiy vaziyatlarning tez o’zgarish tarzida 
namoyon bo’ladi; muayyan kishining o’z xatti xarakatlarini nazorat qilo olmay qolishini 
ifoydalaydigan tushuncha. O’ta kuchli affekt xolatida shaxs fel-atvori, o’zini tutishi, muomala 
munosabati, obyektiv voqyelikni aks ettirishining xarakter va mazmuni o’zgaradi. Affekt tushkun 
va tang vaziyatlarda yuzaga keladi. Affekt xolatida kishining ong doirasi torayadi, xulqni nazorat 
qilish qobiliyati yo’qoladi, tibbiyot Seminarotida fiziologik patologik affekt xolati kuzatiladi. 
Fiziologik affektda kishi o’z xatti xarakatini idora eta olish, keyinchalik barcha voqyealarni 
xotirasida saqlab qolishi mumkin. 
Axloqiy madaniyat – 
jamiyatdagi axloqning yuksaklik darajasini fuqarolarning axloqiy 
saviyasini aks ettiruvchi tushuncha. U shaxsning jamiyatdagi asosiy axloqiy me’yorlarini egallashi 
va o’zgalar bilan shu asosda munsoabatda bo’lishi, o’zini axloqiy tomondan muntazam 
takomillashtirib borishi singari jixatlarni o’z ichiga oladi. Axloqiy madaniyatning eng muhim 
omillaridan biri – muomala odobi. Insonlar bir biri bilan xamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba 
almashmasdan o’zaro ta’sir ko’rsatmasdan yashashi mumkin emas. 
Axloqiy me’yorlar – 
kishilar o’z xayoti va faoliyatida amal qiladigan ijtimoiy ishlab 
chiqilgan xulq atvor qoidalari. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin