140
bir kasallikdan paydo bo‘lgan mahallarda bu nuqson juda
sekinlik bilan, tegishli davo chora-tadbirlari ko‘rib, logopedik
mashg‘ulotlarni uzoq davom ettirib borilganidan keyingina bar-
ham topadi.
Shunday qilib, alaliya va afaziya sistemali nutq kamchi-
liklaridir, bunday nuqsonli kishilarning butun nutq sistemasida,
ya’ni nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomon-
larida sezilarli ma’lum kamchiliklar kuzatiladi. Alalik va afa-
ziklarning impressiv nutqdagi kamchiliklari markaziy asab
sistemasining organik kasalliklari natijasida vujudga keladi.
Alaliya va afaziyalarning farqi shundan iboratki, alaliyada
nutq jarayonida ishtirok etadigan analizatorlarning markaziy
qismidagi asab hujayralarning norasoligi nutqning kechikib
rivojlanishiga olib borsa, afaziklarda markaziy asab sistemasi
ayrim qismlarining organik kasalliklari natijasida har tomonlama
rivojlangan nutq yo‘qoladi.
Alaliyani bartaraf etishda – nutqni shakllantirish, rivojlan-
tirish, tarbiyalashni ko‘zlab, afaziyani bartaraf etishda esa –
yo‘qolgan nutqni tiklashni ko‘zlab choralar ko‘riladi.
Dostları ilə paylaş: