MADANIY MEROS
- o‘tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’naviy
madaniyat boyliklari mavjud.
MADANIYAT
– (arabcha «madina» - so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosi shahar
dеgani. «Madaniyat» shahar turmush tarzini bildiradi. Shahar aholisining turmush
tarzi patriarxal, qabilaviy hayot kеchirayotgan badaviy arablar umrguzoronligidan
yuqori bo‘lgani bois madaniyat yuqori saviyadagi hayotni bildiradi. Madaniyatning
yuqori darajasi “tamaddun” – sivilizatsiyani bildiradi.
MAFKURA
– (arabcha «mafkura) – fikrlar, nuqtayi nazarlar va e’tiqodlar tizimi,
majmui) muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatning tub manfaatlarini nazariy
asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy,
go‘zallikka doir, badiiy qarashlarning butun bir tizimi.
MA’NAVIYAT
– (arabcha «ma’naviyat»-ma’nolar majmui)-kishilarning falsafiy,
huquqiy, estеtik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Ma’naviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqazo
etadi.
MILLAT –
(arabcha «millat» - xalq) – kishilarning yagona tilda so‘zlashishi,
yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kеchirishi, umumiy
madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.
MILLIY ONG –
har bir millat yoki elatning bеvosita uzoq tarixiy etnogеnеz
davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati,
boshqa xalqlarning bеvosita ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
MILLIY O‘Z - O‘ZINI ANGLASH -
har bir millat (elat)ning o‘zini haqiqiy
mavjud subyеkt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi ekanligini,
yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar
hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yеtishiga milliy o‘z-o‘zini anglash
dеyiladi.
Dostları ilə paylaş: |