INNOVATSIYA LOYIHALARI - bunday loyihalarning asosiy maqsadi, yangi
texnologiyalar, nau-xay va korxonalarning rivojlanishini ta’minlab beruvchi
boshqa ishlab chiqish va boshqalardan iborat.
INNOVATSION SIYOSAT - mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish, barqaror, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining turmush sifati va
darajasini oshirish, texnologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun
innovatsion faoliyat ustuvorliklarini tan olishdan kelib shakllantiriladi va amalga
oshiriladi.
INSON OMILI -ishlab chiqarish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha
mehnatkashlarning ko‘p qirrali faoliyati inson ishlab chiqarish vositalarini yaratadi
va jonlantiradi, ularni ishlab chiqaruvchi kuchlarning elementiga aylantiradi, Shu
bilan bir qatorda jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Ayni paytda
inson ishlab chiqaruvchi munosabatlarining va barcha ijtimoiy munosabatlarning
subyektidir. Ko‘pgina omillar, ayniqsa, fan texnika taraqqiyoti ta’sirida insonning
o‘zi ham takomillashib boradi va ishlab chiqarishning birdan-bir maqsadi sifatida
har doim bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.
INSONPARVARLIK – («inson»-arabcha; «parvar»- fors-tojikcha; «lik» -
o‘zbеkcha – kishiga g‘amxo‘rlik, gumanizm)-odamzodning qadri, uning erkinligi,
qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt-
saodati, tеng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning
barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi.
IRODA – arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy jihatdan xohish, istak, maqsad ma’nolarini
bildiradi. O‘zini tuta bilishlik, dadillik, qat’iylik, chidam, toqat, izchillik va shu
kabi fazilatlar irodaning muhim sifatlaridir.
INSON HUQUQLARI - har bir insonning huquqlar va imtiyozlari ta’minlash.
BMT inson huquqlari Deklaratsiyasi 1948 - yilda qabul qilingan. U insonlar
yashash, erkinlik va o‘qish huquqiga ega ekanligini, barcha millatlar teng
ekanligini va qonun oldida barcha barobar ekanligini e’lon qildi.